«Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJ va «Қазақстан темір жолы» milliy kompaniyasi vakillari ishtirokida mijozlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtadi.

«Oʻzbekiston temir yoʻllari» aksiyadorlik jamiyati transport-logistika sohasini rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida barcha soha vakillari hamda hamkorlarni Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan rasmiy mijozlar tadbiriga taklif etadi.

Ushbu nufuzli uchrashuv doirasida ishtirokchilar «Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJ hamda «Қазақстан темір жолы» oʻrtasidagi xalqaro hamkorlikning istiqbollari, joriy qoʻshma loyihalar va transport-logistika tarmogʻidagi eng dolzarb masalalarni muhokama qilish imkoniyatiga ega boʻladilar. Shuningdek, tadbir davomida soha mutaxassislari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri fikr almashish va yangi biznes aloqalarini oʻrnatish uchun qulay muhit yaratiladi.

Tadbirning oʻtkazilish vaqti va joyi:

  • Sana: 2026-yil 20-may (Chorshanba)

  • Vaqti: 14:30 da boshlanadi

  • Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Shahrisabz koʻchasi, 2-uy, «Trilliant» majmuasi

Roʻyxatdan oʻtish va ishtirokni tasdiqlash:

Tadbirda ishtirok etish uchun kompaniyangizdan qatnashadigan vakillarning F.I.Sh., lavozimi va email manzillarini quyidagi masʼul shaxslarga yuborib, ishtirokingizni oldindan tasdiqlashingizni soʻraymiz:

  • Marketing departamenti boʻlim boshligʻi — Hamrayev Nurbek

  • Xalqaro hamkorlik departamenti boʻlim boshligʻi — Choriyev Javohir

Barcha soha vakillarini va hamkorlarimizni uchrashuvda kutib qolamiz!

Faylni yuklab olish
pdf
0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI