Zangiotada zamonaviy temir yo‘l ko‘prigi quriladi

Zangiota tumanidagi S.Rahimov — O‘rtaovul stansiyalari oralig‘ida joylashgan, transport harakatida noqulayliklar keltirib chiqarayotgan temir yo‘l kesishmasi o‘rnida zamonaviy yo‘l o‘tkazgich qurilishi boshlandi.

Qurilish ishlariga start berish marosimida Toshkent viloyati hokimi Z.Mirzayev hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi Z.Narzullayev ishtirok etdi.

Mazkur tashabbus hudud aholisi uchun uzoq yillar davomida dolzarb bo‘lib kelgan transport muammolarini hal etishga qaratilgan. Rejaga ko‘ra, mavjud temir yo‘l kesishmasi o‘rnida uzunligi 23,6 metr bo‘lgan zamonaviy yo‘l o‘tkazgich barpo etiladi.

Ushbu inshoot foydalanishga topshirilgach, transport oqimining uzluksizligi ta’minlanadi, tirbandliklar sezilarli darajada kamayadi hamda aholi va haydovchilar uchun yanada qulay va xavfsiz harakatlanish sharoiti yaratiladi.

Qurilish ishlariga start berish marosimi milliy qadriyatlarimizga xos tarzda o‘tkazilib, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va amalga oshirilayotgan ezgu ishlar barakali bo‘lishini tilab duolar qilindi.

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI