O‘zbekiston vagonsozlik sanoatida mahalliylashtirish va eksport ko‘lami kengaymoqda

O‘zbekiston vagonsozlik sanoatida mahalliylashtirish va eksport ko‘lami kengaymoqda. “Andijon yuk vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” AJ yirik sanoat yetakchilari uchun zamonaviy va yuqori texnologik yuk vagonlari hamda sisternalar yetkazib berish hajmini yildan-yilga oshirmoqda.

2021-yilda “Olmaliq KMK” AJ bilan imzolangan Hamkorlik Memorandumi doirasida dastlab oltingugurt kislotasi tashuvchi vagon-sisternalar, so‘ngra nitrat ammoniya tashishga ixtisoslashtirilgan vagonlar ishlab chiqarildi. 2023-yilda 35 dona dumpkar samosval vagonlarining xizmat muddati uzaytirildi va yangilari Navoiy kon-metallurgiya kombinati hamda Turkmanistonning “Eziz doganlari” kompaniyasiga yetkazib berildi. Ayni paytda Turkmaniston va Qozog‘iston Respublikalaridagi yirik kompaniyalar bilan yangi eksport shartnomalari bo‘yicha faol muzokaralar davom etmoqda.

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI