Temir yo‘l tasarrufidagi bolalar oromgohlari yoz mavsumiga tayyor
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari tarmoq kasaba uyushmasining qaroriga asosan, tizimdagi bolalar dam olish oromgohlarini 2026-yilgi yoz mavsumiga tayyorlash ishlari yakunlandi. Mavsum davomida bolalar va xodimlarning xavfsizligini ta’minlash hamda sanitariya-karantin qoidalariga rioya qilish uchun jamiyat tomonidan etarli mablag‘ ajratildi. O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi Qutlimurat Sabirov boshchiligidagi ishchi guruh “Qibray”, “Yangi avlod”, “Burchi-Mullo”, “Alovuddin”, “Temiryo‘lchi” oromgohlari va “Qo‘ng‘irot” sanatoriy-profilaktoriysidagi tayyorgarlik jarayonini joyida o‘rganib, mutaxassislarga zarur ko‘rsatmalarni berdi.
Oromgohlarda temiryo‘lchilar hamda transport quruvchilari ishchi-xodimlarining 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan 5 ming nafardan ko‘proq o‘g‘il-qizini 4 ta bosqichda 12 kundan dam oldirish va sog‘lomlashtirish rejalashtirilgan.
Shuningdek, olis hududlarda istiqomat qiladigan temir yo‘l xodimlarining farzandlariga temir yo‘l tizimida bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari mavjud bo‘lmaganligi sababli o‘z hududlarida joylashgan oromgohlariga 1300 ta yo‘llanma xarid qilinishi ko‘zda tutilgan.
Bu yilgi mavsumning birinchi mavsumi 10-iyundan “Yangi avlod”, “Temiryo‘lchi” va “Alovuddin” bolalar oromgohlarida ochiladi. 11-iyundan “Burchi mullo”, 12-iyunda “Qibray” oromgohlari soha farzandlarini birinchi mavsumga qabul qiladi.
“Qibray” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohiga joriy yilning 1-mavsumiga Orolbo‘yi mintaqasidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasida ishlayotgan va yashovchi temiryo‘lchilar farzandlarini qamrab olish hamda mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida 455 nafar bolalarni hamda olis hududlarda istiqomat qiladigan temir yo‘l xodimlari farzandlariga temir yo‘l tizimida bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari mavjud bo‘lmaganligi sababli, o‘z hududlarida joylashgan oromgohlarga 1300 ta yo‘llanmalar xarid qilindi.
An’anaga ko‘ra, har yilgi yozgi mavsumda mehribonlik uylari, maxsus maktab-internatlar tarbiyalanuvchilari, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarini bepul sog‘lomlashtirish rejalashtirilgan hamda “Kasaba uyushmasi – bolalarga aksiya” doirasida bir guruh bolajonlarni dam oldirish rejalashtirilgan.
Oromgohlardagi barcha jarayonlar muntazam ravishda O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining mas’ul xodimlari tomonidan nazorat qilinadi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI