Qozogʻiston, Oʻzbekiston va Qirgʻiziston temiryoʻlchilari Ostonada sohani raqamlashtirishni muhokama qildi
Qozogʻiston, Oʻzbekiston va Qirgʻiziston temiryoʻlchilari
Ostonada sohani raqamlashtirishni muhokama qildi
2026-yil 8–9-iyul kunlari Ostona shahrida «Qazaqstan temir joli» MK» AJ, «Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJ va «Qirgʻiz temir joʻlu» MK» DK IT-bloklarining Latviyaning «SIGIS» kompaniyasi ishtirokidagi ishchi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv doirasida «SIGIS» kompaniyasi temiryoʻl sohasi uchun oʻzining IT-yechimlarini taqdim etdi. Ishtirokchilar Tashishlarni operativ boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASOUP-2)ni almashtirish boʻyicha tajriba almashishni muhokama qildilar, shuningdek, «Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJ tashish va u bilan bogʻliq jarayonlarini raqamlashtirishda qoʻllash mumkin boʻlgan dasturiy yechimlar hamda ilgʻor amaliyotlarni koʻrib chiqdilar.
Alohida tarzda vagonlar egasi boʻlgan «Kaztemirtrans» AJ korxonasining vagon parkini boshqarishning raqamli tizimlari boʻyicha taklif, xususan «Multikod» MChJ yechimi koʻrib chiqildi.
Uchrashuv uch temiryoʻl maʼmuriyati oʻrtasida transportni raqamli transformatsiya qilish sohasida tajriba almashish va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash uchun samarali maydon boʻldi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI