“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda ERP, BI-tahlil tizimlari hamda Situatsion markaz faoliyati bilan tanishuv bo‘lib o‘tdi
“O‘zassets” AJ mutaxassislari “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga tashrif buyurib, jamiyatda raqamli transformatsiya doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif davomida mehmonlarga ERP (Enterprise Resource Planning) va BI (Business Intelligence) tahlil tizimlarini joriy etish ishlari, loyihaning bugungi holati, erishilgan natijalar hamda kelgusi bosqichlar yuzasidan batafsil ma’lumot taqdim etildi.
Shuningdek, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning yangi Situatsion markazi rasman namoyish etilib, uning imkoniyatlari, real vaqt rejimida boshqaruv qarorlarini qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash, asosiy ko‘rsatkichlarni monitoring qilish hamda tahliliy ma’lumotlarni vizual tarzda aks ettirish funksiyalari namoyish qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar raqamli boshqaruvni rivojlantirish, zamonaviy axborot tizimlarini joriy etish va tajriba almashish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI