ERP tizimini joriy etish bo‘yicha navbatdagi ishchi guruh yig‘ilishi o‘tkazildi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda ERP tizimini joriy etish bo‘yicha Ishchi guruhning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda 1C kompaniyasi vakillari (vendorlari) ham ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida 1C tomonidan taqdim etilgan savolnoma batafsil ko‘rib chiqilib, undagi masalalar yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, ishchi guruh tomonidan ERP tizimining mazmun-mohiyati, uning asosiy vazifalari, korxona faoliyatidagi o‘rni hamda joriy etish bosqichlari bo‘yicha taqdimot namoyish etilib, ishtirokchilarga batafsil tushuntirish berildi.

Uchrashuv yakunida 1C vakillari bilan hamkorlikni tashkil etish, axborot almashish tartibi hamda loyihaning keyingi bosqichlarida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan o‘zaro kelishuvga erishildi.

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI