Fidoyi poyezd mashinisti
"O‘z kasbidan baxt topganlar" rukni ostidagi sahifamiz mehmoni “O‘zbekiston” lokomotiv deposining yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdi lokomotiv brigadalar mashinist-murabbiyi Zakirov Shuhrat Fatxullayevich.
Bugungi "O‘z kasbidan baxt topganlar" rukni ostidagi sahifamiz mehmoni “O‘zbekiston” lokomotiv deposining yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdi lokomotiv brigadalar mashinist-murabbiyi Zakirov Shuhrat Fatxullayevich.
Shuhrat Fatxullayevich 38 yildan buyon temir yo'l tizimida fidokorona mehnat qilib kelmoqda.
Shuhrat Zakirov o‘zining samarali mehnati, kasbiga bo‘lgan yuksak sadoqati hamda fidoyiligi bois 2014 yilda Davlat mukofoti sanalgan “Shuhrat” medali hamda “O‘zbekiston temir yo'llari” AJ boshqarmasining 2012 yil “Faxriy temiryo'lchi” belgisi, 2010 yil eng yaxshi “Kasb ustasi” shuningdek, korxona tomonidan bir necha bor “Faxriy yorliq” va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Sh.Zakirov mamlakatimiz temir yo'l tizimida katta tajribaga ega, yuqori malakali temiryo'lchilardan. U yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdi lokomotiv brigadalar mashinist-murabbiyi sifatida yurtimiz transport salohiyatini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
Korxonaga biriktirilgan temir yo'l yo'nalishlarida xalq xo‘jaligi yuklari va yo'lovchi tashishni amalga oshirish, teplovoz, elektrovozlarni taʼmirlash, shuningdek, ularni texnik ko‘rikdan o‘tkazish, lokomotivlarni reysga tayyorlash va ehtiyot qismlarini taʼmirlash vazifalarini sidqidildan ado etib kelmoqda. Shuningdek, u poyezdlar harakat xavfsizligi buzilishi holatlarini oldini olish, ishdagi nuqson va nosozliklarga yo'l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish va ulardan samarali foydalanishni taʼminlash, ishlab chiqarish samaradorligi va rentabelligini oshirish, yoqilg‘i-moy mahsulotlarini, elektr enyergiyasi va boshqa materiallardan tejamkorlik bilan foydalanish choralarini yaxshilab borish vazifalarini ham amalga oshirib kelayotir.
Sh.Zakirov yo'lovchilarni o‘z manzillariga xavfsiz va o‘z vaqtida yetkazib borish orqali temir yo'l g’aznasini boyitishda o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda.
U malakali mashinist sifatida yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlarida yuksak darajadagi standart talablariga javob beradigan, yo'lovchi tashish xizmatini joriy etish, depodagi mavjud Xitoy Xalq Respublikasida ishlab chiqarilgan yangi “O′ZBEKISTON”, “O′z-Y”, “2 O′Z-UY”, “O′Z-EL”, “O′Z-ELR” va “2 O′ZELR”, Rossiya Federatsiyasida ishlab chiqarilgan yangi 3ЭC5K rusumidagi elektrovozlarning texnik meʼyoriy hujjatlarni o‘rganishda, yangi texnikani o‘zlashtirishda faol ishtirok etmoqda.
Poyezdlar harakat xavfsizligi qoidalariga to‘liq rioya etishi va sohada erishgan muvaffaqiyatlari bilan deponing mashinist va boshqa bir qator ishchilariga birdek o‘rnak bo‘lmoqda.
U shu kungacha ish faoliyati davomida texnologik jarayonlar talablariga to‘liq mos ravishda mehnat qilib kelayotganligi bois texnikani nosoz holatini yuzaga kelishiga mutlaqo yo'l qo‘ymaydi.
Shuhrat aka "ustoz-shogird" anʼanasiga muvofiq korxonadagi yosh mutaxasislarga ish tajribalarini o‘rgatish bilan birga ularga ustozlik qilmoqda. Mehnat faoliyati davomida 40 nafar mashinist va 35 nafar mashinist yordamchisi tayyorlashga erishdi. Shogirdlari hozirda yuqori lavozimlarda faoliyat yuritmoqda.
Sh.Zakirov jamoat ishlarida faol.
Mamlakatimizda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash borasida olib borilayotgan yangi bosqichdagi tub islohotlarni qo‘llab-quvvatlagan holda korxonada va o‘zi istiqomat qilayotgan Yangihayot tumanidagi «Temiryo'lchi» mahallasida amalga oshirilayotgan tadbirlar, hasharlarda muntazam ishtirok etib kelayapti.
Shuhrat aka ochiq-ko‘ngil, kamtarin, yangilikka intiluvchan, tanlagan kasbiga sadoqatli, tumanning sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etadigan temiryo'lchilaridan. U mehribon ota va ibratli oila boshlig‘i. Zokir aka 3 nafar farzandini ham birdek el koriga yaraydigan insonlar etib tarbiyalab, bugungi kunga kelib ular rohatini ko‘rishi barobarida ular ortidan rahmat eshitib kelmoqda.
“O‘zbekiston” lokomotiv deposi