bo‘sh ish o‘rinlar e‘loni
-
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasiga yetakchi mutaxassisni jalb qilish texnik topshirig‘i
I. Kompaniya haqida qisqacha ma’lumot
Kompaniya nomi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ
Tashkiliy-huquqiy shakli
Aksiyadorlik jamiyati
Kompaniya tashkil topgan sana
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 7 noyabrdagi “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksyadorlik temir yo‘l kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni (https://lex.uz/docs/197225)
Aksiyadorlar haqida ma’lumotlar
100% - davlat (O‘zbekiston Respublikasi)
Asosiy faoliyat turi
Yuk va yo‘lovchilarni temir yo‘l transportida tashish
Kompaniyaning rasmiy veb-sayti
II. Korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi asosiy vazifalari
Asosiy tartibga soluvchi hujjatlar
· O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-son Qonuni; (https:// https://lex.uz/docs/3088008)
· “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Ustavi (https://railway.uz/ru/proekty/1917/#%205)
Korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasining vazifalari
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ (keyingi o‘rinlarda - Jamiyat) Korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
· Jamiyatning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatini takomillashtirish;
· Jamiyatda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish;
· Jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini samarali ishlashini ta’minlash;
· Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikni olib borish.
III. Funksional majburiyatlari
Korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi yetakchi mutaxassisining funksional majburiyatlari
a) Jamiyatda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish ishlarida ishtirok etish sohasida:
- Jamiyat tomonidan o‘xshash huquqbuzarliklar sodir etilishi ehtimolini baholash maqsadida davlat hokimiyatining boshqa organlarida korrupsiyaviy xuquqbuzarliklar sodir etilishining holati va yo‘nalishlari haqida ma’lumot to‘playdi;
- Mahsus aloqa kanallari orqali Jamiyat hodimlari tomonidan korrupsiyaviy xavf-xatarlar va huquqbuzarliklar haqida kelib tushadigan murojaatlarni tahlil qiladi;
- Korrupsiya faktlari haqida xabar berishga mo‘ljallangan Agentlik rasmiy veb-saytining faoliyat natijalarini tahlil qiladi va tahliliy materiallarni Jamiyat xodimlariga yetkazadi;
b) korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikni olib borish sohasida:
- Jamiyat tizimi xodimlarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir chora-tadbirlarning ishlab chiqilishida ishtirok etadi;
- qonunchilik hujjatlari bilan Jamiyat zimmasiga yuklatilgan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha vazifalarga muvofiq xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan zarurat to‘g‘ilganda muzokara olib boradi va ishtirok etadi;
- Jamiyatning korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarini takomillashtirish yuzasidan xorijiy mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.
Shu bilan birga - Korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasining tasdiqlangan ish rejasiga asosan boshqarma faoliyatining yillik hisobotlarini tayyorlash, bo‘limlar mutaxassislari bilan yillik ish rejasini ishlab chiqish va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash ishlarida ishtirok etish;
- Jamiyat bo‘linmalari tomonidan ijtimoiy rivojlanish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda hamda belgilangan hisobotlarni tayyorlashda uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish ishlarida ishtirok etish;
- Boshqarmaga kelib tushgan shikoyat, murojaat, taklif va ko‘rsatmalarni tahlil qilish
va ular bo‘yicha javob va tushuntirishlarni tayyorlash ishlarida ishtirok etish;
- Shaxsiy malakasini oshirish ustida ishlash;
- Axborot manbalari (internet)dan oqilona foydalanish;
- Jamiyatning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki idoraviy hujjatlarda belgilan vazifalarni bajarish;
- Jamiyatda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish ishlarida ishtirok etish;
- korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikni olib borish;
IV. Nomzodga qo‘yiladigan talablar
Ma’lumotiga qo‘yiladigan talablar
Ma’lumot darajasi – oliy muhandis-texnik, oliy muhandis-iqtisodiy ta’lim, oliy auditor ta’lim.
Falsafa doktori (Ph.D. ingl. Doctor of Philosophy), fan doktori (Sc.D., D.Sc., S.D. or Dr.Sc.) darajasi, magistrlik diplomi hamda halqaro buxgalterlik va auditorlik malaka sertifikatiga ega bo‘lish mavjudligi qo‘llab-quvvatlanadi va albatta suhbatda inobatga olinadi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida bilimga ega bo‘lgan, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini ishlab chiqish qobilyatiga ega bo‘lish;
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mavjud milliy qonunchilik, xorijiy tajriba hamda xalqaro standartlardan xabardor bo‘lish;
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ faoliyati bilan tanish bo‘lishi;
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasini va “komplayens-nazorat” tizimini tartibga solishga qaratilgan milliy qonun hujjatlari hamda ushbu sohadagi xalqaro standartlar (Foreign Corrupt Practices Act, Sarbanes-Oxley Act, Dodd-Frank Act, “UK Bribery Act” va boshqa) yuzasidan nazariy-amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish.
Ish tajribasiga talablar
· Transport korxonalarida nomzodga qo‘yiladigan ma’lumot talablariga muvofiq kamida 5 yillik ish tajribasi, shu jumladan yurisprudensiya, iqtisodiyot, moliya, soliq, audit, axborot-kommunikatsiya texnologilari, menedjmentlik va zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa sohalar bo‘yicha kamida 5 yil ish tajribasiga ega bo‘lgan yuqori malakali, proffesional bilimga ega lavozimlarda.
Tillarni bilishi
· Rus tili va/yoki ingliz tili (yaxshi yoki o‘rta darajada);
· O‘zbek tili.
V. Ish haqi shartlari
Ish haqi suhbat natijalariga ko‘ra belgilanadi.
VI. Ariza berish tartibi
Ariza berish uchun Nomzodlar rezyumeni (SV) davlat tilida yoki rus tilida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi Narzullayev Zufar Gʻiyasovich nomiga nok.r@uzrailway.uz elektron pochta manziliga 2024-yil 16 iyulgacha taqdim aynan shu lavozim uchunligini ko‘rsatgan holda etishlari lozim.
Arizalarni qabul qilish muddati tugagandan so‘ng Nomzodlarning hujjatlari jamiyat boshqaruv organlari tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Nomzodlarni ko‘rib chiqish chog‘ida suhbat o‘tkaziladi (yuzma-yuz yoki video konferensiya aloqa orqali). Vakansiyalar haqida qo‘shimcha axborotni:
+99871 238-87-95 telefon raqamlari orqali yoki nok.r@uzrailway.uz elektron pochta manzillari orqali olish mumkin.
-
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasiga yetakchi mutaxassisni jalb qilish texnik topshirig‘i
I. Kompaniya haqida qisqacha ma’lumot
Kompaniya nomi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ
Tashkiliy-huquqiy shakli
Aksiyadorlik jamiyati
Kompaniya tashkil topgan sana
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 7 noyabrdagi “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksyadorlik temir yo‘l kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni (https://lex.uz/docs/197225)
Aksiyadorlar haqida ma’lumotlar
100% - davlat (O‘zbekiston Respublikasi)
Asosiy faoliyat turi
Yuk va yo‘lovchilarni temir yo‘l transportida tashish
Kompaniyaning rasmiy veb-sayti
II. Korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi asosiy vazifalari
Asosiy tartibga soluvchi hujjatlar
· O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-son Qonuni; (https:// https://lex.uz/docs/3088008)
· “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Ustavi (https://railway.uz/ru/proekty/1917/#%205)
Korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasining vazifalari
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ (keyingi o‘rinlarda - Jamiyat) Korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
· Jamiyatning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatini takomillashtirish;
· Jamiyatda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish;
· Jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini samarali ishlashini ta’minlash;
· Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikni olib borish.
III. Funksional majburiyatlari
Korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi yetakchi mutaxassisining funksional majburiyatlari
a) Jamiyatda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish ishlarida ishtirok etish sohasida:
- Jamiyat tomonidan o‘xshash huquqbuzarliklar sodir etilishi ehtimolini baholash maqsadida davlat hokimiyatining boshqa organlarida korrupsiyaviy xuquqbuzarliklar sodir etilishining holati va yo‘nalishlari haqida ma’lumot to‘playdi;
- Mahsus aloqa kanallari orqali Jamiyat hodimlari tomonidan korrupsiyaviy xavf-xatarlar va huquqbuzarliklar haqida kelib tushadigan murojaatlarni tahlil qiladi;
- Korrupsiya faktlari haqida xabar berishga mo‘ljallangan Agentlik rasmiy veb-saytining faoliyat natijalarini tahlil qiladi va tahliliy materiallarni Jamiyat xodimlariga yetkazadi;
b) korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikni olib borish sohasida:
- Jamiyat tizimi xodimlarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir chora-tadbirlarning ishlab chiqilishida ishtirok etadi;
- qonunchilik hujjatlari bilan Jamiyat zimmasiga yuklatilgan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha vazifalarga muvofiq xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan zarurat to‘g‘ilganda muzokara olib boradi va ishtirok etadi;
- Jamiyatning korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarini takomillashtirish yuzasidan xorijiy mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.
Shu bilan birga - Korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasining tasdiqlangan ish rejasiga asosan boshqarma faoliyatining yillik hisobotlarini tayyorlash, bo‘limlar mutaxassislari bilan yillik ish rejasini ishlab chiqish va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash ishlarida ishtirok etish;
- Jamiyat bo‘linmalari tomonidan ijtimoiy rivojlanish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda hamda belgilangan hisobotlarni tayyorlashda uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish ishlarida ishtirok etish;
- Boshqarmaga kelib tushgan shikoyat, murojaat, taklif va ko‘rsatmalarni tahlil qilish
va ular bo‘yicha javob va tushuntirishlarni tayyorlash ishlarida ishtirok etish;
- Shaxsiy malakasini oshirish ustida ishlash;
- Axborot manbalari (internet)dan oqilona foydalanish;
- Jamiyatning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki idoraviy hujjatlarda belgilan vazifalarni bajarish;
- Jamiyatda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish ishlarida ishtirok etish;
- korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikni olib borish;
IV. Nomzodga qo‘yiladigan talablar
Ma’lumotiga qo‘yiladigan talablar
Ma’lumot darajasi – oliy muhandis-texnik, oliy muhandis-iqtisodiy ta’lim, oliy auditor ta’lim.
Falsafa doktori (Ph.D. ingl. Doctor of Philosophy), fan doktori (Sc.D., D.Sc., S.D. or Dr.Sc.) darajasi, magistrlik diplomi hamda halqaro buxgalterlik va auditorlik malaka sertifikatiga ega bo‘lish mavjudligi qo‘llab-quvvatlanadi va albatta suhbatda inobatga olinadi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida bilimga ega bo‘lgan, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini ishlab chiqish qobilyatiga ega bo‘lish;
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mavjud milliy qonunchilik, xorijiy tajriba hamda xalqaro standartlardan xabardor bo‘lish;
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasini va “komplayens-nazorat” tizimini tartibga solishga qaratilgan milliy qonun hujjatlari hamda ushbu sohadagi xalqaro standartlar (Foreign Corrupt Practices Act, Sarbanes-Oxley Act, Dodd-Frank Act, “UK Bribery Act” va boshqa) yuzasidan nazariy-amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish.
Ish tajribasiga talablar
· Transport korxonalarida nomzodga qo‘yiladigan ma’lumot talablariga muvofiq kamida 5 yillik ish tajribasi, shu jumladan yurisprudensiya, iqtisodiyot, moliya, soliq, audit, axborot-kommunikatsiya texnologilari, menedjmentlik va zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa sohalar bo‘yicha kamida 8 yil ish tajribasiga ega bo‘lgan yuqori malakali, proffesional bilimga ega lavozimlarda.
Tillarni bilishi
· Rus tili va/yoki ingliz tili (yaxshi yoki o‘rta darajada);
· O‘zbek tili.
V. Ish haqi shartlari
Ish haqi suhbat natijalariga ko‘ra belgilanadi.
VI. Ariza berish tartibi
Ariza berish uchun Nomzodlar rezyumeni (SV) davlat tilida yoki rus tilida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi Narzullayev Zufar Gʻiyasovich nomiga nok.r@uzrailway.uz elektron pochta manziliga 2024-yil 25 aprelgacha taqdim etishlari lozim.
Arizalarni qabul qilish muddati tugagandan so‘ng Nomzodlarning hujjatlari jamiyat boshqaruv organlari tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Nomzodlarni ko‘rib chiqish chog‘ida suhbat o‘tkaziladi (yuzma-yuz yoki video konferensiya aloqa orqali).
Vakansiyalar haqida qo‘shimcha axborotni:
+99871 238-87-95 telefon raqamlari orqali yoki nok.r@uzrailway.uz elektron pochta manzillari orqali olish mumkin.
-
“Temiryoʻlinfratuzilma” AJ tarkibidagi Mashinist va mashinist yordamchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash oʻquv markaziga oʻqituvchi lavozimiga tanlov eʼlon qilinadi
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruv raisining “Toshkent temir yoʻl texnikumi qoshidagi Mashinist va mashinist yordamchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash oʻquv markazini malakali kadrlar bilan taʼminlash toʻgʻrisida” 2023-yil 3-iyul
556-N-sonli buyrugʻi ijrosini taʼminlash hamda “Temiryoʻlinfratuzilma” AJ tarkibidagi Mashinist va mashinist yordamchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash oʻquv markazida lokomotivlar va motor-vagon harakat tarkiblari uchun mashinist va mashinist yordamchilarini oʻqitish sifatini oshirish va takomillashtirish maqsadida oʻquv markazga oʻqituvchi lavozimiga ishga qabul qilish uchun ochiq tanlov eʼlon qilinadi.Tanlovda ishtirok etishni hohlagan nomzodlardan quyidagilar talab etiladi:
ü texnik oliy maʼlumot;
ü lokomotiv mashinisti lavozimida kamida 5 yil ish stajiga ega boʻlishi;
ü oʻzbek va rus tillarini bilishi;
ü zamonaviy kompyuter dasturlaridan foydalanish koʻnikmasi;
ü pedagogik mahorat va kasbiy kompetensiyaga ega boʻlishi;
ü sud tomonidan pedagogik faoliyat taʼqiqlanmagan boʻlishi.
Nomzodlar tanlov komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi zarur:
ü tanlovda ishtirok etish uchun ariza;
ü rezyume;
ü xodimlar boʻlimi tomonidan tasdiqlangan mehnat daftarchasi nusxasi;
ü oliy maʼlumoti toʻgʻrisidagi diplom nusxasi.
Hujjatlar 2023-yil 7-dekabr kuniga qadar qabul qilinadi.
Tanlov 2023-yil 12-dekabr kuni suhbat asosida oʻtkaziladi.
Tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar yuqori maosh asosida Mashinist va mashinist yordamchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash oʻquv markaziga oʻqituvchi lavozimiga ishga qabul qilinadi.
Arizalar quyidagi manzil boʻyicha qabul qilinadi:
Manzil: 100060, Toshkent shahri Mirobod tumani, Shevchenko koʻchasi, 7-uy.
Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun quyidagi telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin: 71-237-92-00, 71 237-86-46.
Elektron pochta: nok2379200@uzrailway.uz
-
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat va komplayens boshqarmasiga (boshliq) mutaxassisni jalb qilish texnik topshirigʻi
I. Kompaniya haqida qisqacha maʼlumot
Kompaniya nomi
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ
Tashkiliy-huquqiy shakli
Aksiyadorlik jamiyati
Kompaniya tashkil topgan sana
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 7-noyabrdagi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksyadorlik temir yoʻl kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni
Aksiyadorlar hakida maʼlumotlar
100% - davlat (Oʻzbekiston Respublikasi)
Asosiy faoliyat turi
Yuk va yoʻlovchilarni temir yoʻl transportida tashish
Kompaniyaning rasmiy veb-sayti
II. Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat va komplans boshqarmasi asosiy vazifalari
Asosiy tartibga soluvchi hujjatlar
·Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-419-son Qonuni; (https:// https://lex.uz/docs/3088008)
·“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ Ustavi (https://railway.uz/ru/proekty/1917/#%205)
Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat va komplans boshqarmasining vazifalari
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (keyingi oʻrinlarda - Jamiyat) Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat va komplans boshqarmasining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
·Jamiyatning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻyicha faoliyatini takomillashtirish;
·Jamiyatda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish;
·Jamiyatda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini samarali ishlashini taʼminlash;
·Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikni olib borish.
III. Funksional majburiyatlari
Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat va komplans boshqarmasi boshligʻining funksional majburiyatlari
a) Jamiyatning korrupsiyaga kurashish boʻyicha faoliyatini takomillashtirish sohasida:
Jamiyat tizimida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan ichki idoraviy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;
Jamiyatning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻyicha chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Jamiyat rahbariga kiritadi;
Jamiyatning faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar va ichki idoraviy hujjatlarda aniqlangan korrupsiyaviy normalarni bartaraf qilish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;
Jamiyatda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat faoliyatini yanada samarali tashkil etish va takomillashtirishga qaratilgan aniq takliflarni Boshqaruv raisiga kiritib boradi.
b) Jamiyatda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi ichki nazorat sohasida:
Jamiyatda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholaydi, ularning natijalari boʻyicha aniqlangan xavf-xatarlarni kamaytirish yuzasidan chora-tadbirlar rejalarini ishlab chiqadi va Jamiyatda korrupsiyaviy xavf-xatari yuqori boʻlgan lavozimlar roʻyxatini yaratadi;
Jamiyat tomonidan oʻxshash huquqbuzarliklar sodir etilishi ehtimolini baholash maqsadida davlat hokimiyatining boshqa organlarida korrupsiyaviy xuquqbuzarliklar sodir etilishining holati va yoʻnalishlari haqida maʼlumot toʻplaydi;
kelib tushadigan murojaatlarni tahlil qiladi va ularni belgilangan tartibda koʻrib chiqilishini taʼminlaydi;
davlat xaridlarini amalga oshirishda manfaatlar toʻqnashuvini tahlil qilishda va Jamiyat bilan shartnomaviy munosabatlarga (mehnat munosabatlari bundan mustasno) kirishgan har qanday yuridik yoki jismoniy shaxslarning ishonchliligini tekshirish jarayonida ishtirok etadi;
Jamiyat xodimlariga korrupsiyaga qarshi ichki nazorat masalalari boʻyicha tushuntirish va tavsiyalar beradi;
korrupsiya faktlari haqida xabar berishga moʻljallangan Agentlik rasmiy veb-saytining faoliyat natijalarini tahlil qiladi va tahliliy materiallarni Jamiyat xodimlariga yetkazadi;
Jamiyat faoliyatidagi korrupsiyaviy holatlarni va xavf-xatarlarni aniqlash maqsadida aholi va xodimlar orasida soʻrovlar oʻtkazadi.
v) Jamiyatda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini samarali ishlashini taʼminlash va nazorat qilish sohasida:
korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha davlat dasturlarida Jamiyatga yuklatilgan vazifalar ijrosini monitoring qiladi va nazoratini amalga oshiradi;
Jamiyat tizimida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimining ISO37001:2016 Korrupsiyaga qarshi xalqaro standarti talablariga mosligini taʼminlash boʻyicha chora tadbirlar amalga oshiradi;
Jamiyat xodimlarining malakasini oshirish boʻyicha oʻquv rejalarining korrupsiyaga qarshi normalarga oid qismini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Jamiyat xodimlari, shu jumladan korrupsiyaviy xavf-xatari yuqori boʻlgan lavozimlardagi xodimlar uchun korrupsiyani oldini olish boʻyicha oʻquv materiallarini ishlab chiqadi;
oʻquv rejaga muvofiq jamiyatning barcha xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻyicha treninglarning oʻtkazilishida amaliy yordam beradi;
Jamiyat tizimi xodimlari va fuqarolar oʻrtasida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻyicha targʻibot tadbirlarida ishtirok etadi;
Jamiyatning rasmiy veb-saytida “Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat” boʻlimi hamda ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalariga joylashtirilgan maʼlumotlarni yangilanib borilishini taʼminlaydi;
Jamiyat tizimidagi korrupsiyaga qarshi ichki nazoratga masʼul tuzilma(shaxs)lar bilan hamkorlikda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻyicha ishlarni tashkil etish va xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan konferensiyalar, uchrashuvlar, seminarlar, tanlovlar va boshqa tadbirlarni tashkil etadi.
g) korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikni olib borish sohasida:
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, Jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir chora-tadbirlarning ishlab chiqilishida ishtirok etadi;
qonunchilik hujjatlari bilan Jamiyat zimmasiga yuklatilgan korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻyicha vazifalarga muvofiq xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan zarurat tugʻilganda muzokara olib boradi va ishtirok etadi;
Jamiyatning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat chora-tadbirlarini takomillashtirish yuzasidan xorijiy mutaxassislarni jalb etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi.
IV. Nomzodga qoʻyiladigan talablar
Maʼlumotiga qoʻyiladigan talablar
Maʼlumot darajasi – oliy muhandis-texnik, muhandis-iqtisodiy taʼlim, MBA (Master of Business Administration — Biznes Boshqaruvi Magistri) diplomi.
Falsafa doktori (Ph.D. ingl. Doctor of Philosophy), fan doktori (Sc.D., D.Sc., S.D. or Dr.Sc.) darajasi hamda buxgalterlik va auditorlik malaka sertifikatiga ega boʻlish mavjudligi qoʻllab-quvvatlanadi va albatta suhbatda inobatga olinadi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni oʻz vaqtida aniqlash, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini ishlab chiqish qobilyatiga ega boʻlish;
Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha mavjud milliy qonunchilik, xorijiy tajriba hamda xalqaro standartlardan xabardor boʻlish;
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasini va “komplayens-nazorat” tizimini tartibga solishga qaratilgan milliy qonun hujjatlari hamda ushbu sohadagi xalqaro standartlar (Foreign Corrupt Practices Act, Sarbanes-Oxley Act, Dodd-Frank Act, “UK Bribery Act” va boshqa) yuzasidan nazariy-amaliy bilim va koʻnikmalarga ega boʻlish.
Ish tajribasiga talablar
·Transport korxonalarida nomzodga qoʻyiladigan maʼlumot talablariga muvofiq kamida 10 yillik ish tajribasi, shu jumladan yurisprudensiya, iqtisodiyot, moliya, soliq, audit, axborot-kommunikatsiya texnologilari, menedj-mentlik va zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa sohalar boʻyicha kamida 10 yil ish tajribasiga ega boʻlgan yuqori malakali, proffesional bilimga ega lavozimlarda.
Tillarni bilishi
·Rus tili va/yoki ingliz tili (professional darajada);
·Oʻzbek tili.
IV. Ish haqi shartlari
Ish haqi suhbat natijalariga koʻra belgilanadi.
V. Ariza berish tartibi
Ariza berish uchun Nomzodlar rezyumeni (SV) davlat tilida yoki rus tilida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruv raisi Xasilov Xusnutdin Nuriddinovich nomiga nok.r@uzrailway.uz elektron pochta manziliga 2023-yil 17 martgacha taqdim etishlari lozim.
Arizalarni qabul qilish muddati tugagandan soʻng Nomzodlarning hujjatlari jamiyat boshqaruv organlari tomonidan koʻrib chiqiladi.
Nomzodlarni koʻrib chiqish chogʻida suhbat oʻtkaziladi (yuzma-yuz yoki video konferensia aloqa orqali).
Vakansiyalar haqida qoʻshimcha axborotni:
+99871 238-87-95 telefon raqamlari orqali yoki nok.r@uzrailway.uz elektron pochta manzillari orqali olish mumkin.
-
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ Kuzatuv kengashiga xorijiy mutaxassislar
I. Kompaniya haqida qisqacha ma'lumot
Kompaniya nomi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ
Tashkiliy-huquqiy shakli
Aksiyadorlik jamiyati
Kompaniya tashkil topgan sana
1994 yil 7 noyabr' O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksionerlik kompaniyasini tuzish to‘g‘risida”gi PF-982-sonli Farmoni (https://lex.uz/docs/197198)
Aksiyadorlar haqida ma'lumot
100% - davlat (O‘zbekiston Respublikasi)
Asosiy faoliyat turi
Temir yo‘l transportida yuk va yo‘lovchi tashish
Kompaniya rasmiy sayti
II. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Kuzatuv kengashining asosiy vazifalari
Asosiy tartibga soluvchi hujjatlar
- O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 6 maydagi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 370-son Qonuni (https://lex.uz/docs/2382409);
- “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Ustavi (https://railway.uz/uz/proekty/1936/?sphrase_id=2724043)
Kuzatuv kengashining vakolatlari
(keyingi matnda -Kengash)
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Kengashini asosiy vakolatlariga quiydagilar kiradi:
- Jamiyat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;
- mol-mulkning bozor qiymatini belgilashni tashkil etish;
- Jamiyatning yillik biznes-rejasini ma'qullasho‘. Bunda Jamiyatning kelgusi yilga mo‘ljallangan biznes-rejasi Jamiyat Kengashi majlisida joriy yilning 1 dekabridan kechiktiramay ma'qullanish lozim;
- ichki audit xizmatini tashkil etish va uning xodimlarini tayinlash, shuningdek har chorakda uning hisobotlarini eshitib borish;
- Jamiyat ijro etuvchi organining faoliyatiga daxldor har qanday hujjatlardan belgilangan tartibda erkin foydalanish va Jamiyat Kengashiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun ushbu hujjatlarni ijro etuvchi organdan olish. Jamiyat Kengashi va uning a'zolari olingan hujjatlardan faqat xizmat maqsadlarida foydalanishi mumkin;
- zaruriyat tug‘ilganda, Jamiyat korporativ boshqaruv tizimini baholash uchun tanlov asosida mustaqil tashkilotni jalb etish;
- Jamiyat biznes-rejasida belgilangan maqsadlarga erishishni monitoring qilish;
- Korporativ boshqaruv kodeksi bajarilishini nazorat qilish;
- Jamiyatning taftish komissiyasi a'zolariga to‘lanadigan haq va kompensasiyalarning miqdori yuzasidan tavsiyalar berish;
- Jamiyatning aksiyadoriga dividend miqdori, uni to‘lash shakli va tartibi yuzasidan tavsiyalar berish;
- Jamiyatning zaxira va boshqa fondlaridan foydalanish;
- Jamiyatning filiallarini tashkil etish va vakolatxonalarini ochish;
- Jamiyatning sho‘'ba va tobe xo‘jalik jamiyatlarini tashkil etish;
- “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning xuquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 8 va 9-boblarida nazarda tutilgan holatlarda bitimlar tuzish haqida qaror qabul qilish;
- Jamiyatning tijorat va notijorat tashkilotlardagi ishtiroki bilan bog‘liq bitimlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzish.
III. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Kuzatuv kengashi tarkibiga kirish uchun nomzodlarga qo‘yiladigan talablar
Ma'lumot darajasiga talab
Ma'lumot darajasi – oliy. Quyidagi sohalarda bakalavr, magistr darajasi mavjudligi:
- moliya va iqtisodiyot;
- temir yo‘l tashuvlarini tashkil etish, transport logistikasi, yer usti transport tizimlari;
Falsafa doktori (Ph.D. ingl. Doctor of Philosophy) va fan doktori (Sc.D., D.Sc., S.D. or Dr.Sc.) ilmiy darajalari qo‘llab-quvvatlanadi va albatta suhbat jarayonida inobatga olinadi.
Ish tajribasiga talablar
- Transport kompaniyalarida talab etilayotgan ma'lumot yo‘nalishlari bo‘yicha 15 yildan kam bo‘lmagan ish staji, shundan rahbar lavozimlarda – 7 yildan kam emas.
Tillarni bilishi:
- Rus va/yoki ingliz tili (professional darajada);
- O‘zbek tili (qo‘llab-quvvatlanadi).
IV. Haq to‘lash shart-sharoitlari
Haq to‘lash miqdori suhbat natijalariga asosan belgilanadi.
V. Ariza berish tartibi
Ariza berish uchun Nomzodlar o‘z rezyumesi (CV)ni rus tilida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi janob Xasilov Xusnutdin Nuriddinovich nomiga nnz@railway.uz elektron pochta manzili orqali 2021 yilning 15 martigacha yuborishlari lozim.
Tanlov tugadi