E‘lonlar

Baholash natijalari bo'yicha "O'zbekiston temir yo'llari" AJ korxonalari va tashkilotlarining ochiq auksion savdolari orqali ommaviy savdolar orqali kapitalda sotiladigan ulushlari bilan sotish rejalashtirilgan tanlov e'lon qilinishi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ kuzatuv Kengashining 2021 yil 5 iyuldagi 5-sonli majlis bayoniga asosan jamiyatning asosiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan aktivlarni sotish bo‘yicha qaror qabul qilingan. Ushbu qarorni qabul qilinishiga asosiy omil bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoev rahbarligida 2020 yil 25 may kuni transport sohasining barqaror ishlashini ta'minlash va izchil rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tarkibidagi nosohaviy aktivlarni optimallashtirish temir yo‘l sohasini takomillashtirishga qaratilgan islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biri etib belgilab berganliklari. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 oktyabrdagi “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–6096-sonli farmonida belgilangan vazifalarni bajarish hamda transport sohasida xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, xorijiy investorlar uchun qulay investisiya muhitini yaratish, bu borada bozor iqtisodiyoti tamoyillarini keng qo‘llash yuzasidan tizimli islohotlar amalga oshirish, zamonaviy boshqaruv usullari, ochiqlik, shaffoflikni jadal joriy etish hamda jamiyatning aktivlaridan yanada samarali foydalanish maqsadida, “DB Engineering & Consulting Gmbh” va “Boston Consulting Group” kompaniyalari taklifini inobatga olgan holda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning ommaviy savdolar orqali sotiladigan ulushlari mavjud korxona va tashkilotlar ro‘yxati shakllantirildi va bular quyidagilar (korxona va tashkilotlar ro‘yxati ilova qilinadi). Ushbu korxona va tashkilotlarning xozirgi kunda qiymatini aniqlash maqsadida baholash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha baholovchi tashkilotlarni jalb qilish maqsadida tanlov e'lon qilinmoqda va baholash natijalari asosida ochiq auksion savdolar orqali sotish rejalashtirilgan.  

ilova.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning ommaviy savdolari orqali sotiladigan ulushlari mavjud korxona va tashkilotlar

RO‘YHATI

Korxonalar nomi

foizda

Nominal qiymati

Yuridik maqomi

1.

“Yangiobod” ko‘p tarmoqli majmuasi (filial)

100

Baholash orqali bozor qiymatini aniqlash zarur

Yuridik maqomga ega emas

2.

“Gulobod meva” chorvachilik, bog‘dorchilik va sabzavotchilik majmuasi (filial)

100

Baholash orqali bozor qiymatini aniqlash zarur

Yuridik maqomga ega emas

3.

“Navro‘z-naslchilik” chorvachilik majmuasi (filial)

100

Baholash orqali bozor qiymatini aniqlash zarur

Yuridik maqomga ega emas

4.

“Nazarbek” sanatoriysi

100

Baholash orqali bozor qiymatini aniqlash zarur

Муассаса

5.

Pop tumanidagi “Temiryo‘lyonilg‘ita'min” boshqarmasining briket ishlab chiqarish zavodi

100

Baholash orqali bozor qiymatini aniqlash zarur

Yuridik maqomga ega emas

6.

“Mintaqaviy temir yo‘l uzeli” UK tarkibidagi “Qorabayir” ot naslchilik kompleksi (filial)

100

776 328 000 so‘m

Yuridik maqomga ega emas

7.

“Navro‘z bog‘i” MChJ

50

85 000 000 000 so‘m

MChJ

8.

“Sardoba agrosanoat majmuasi” UK

100

93 000 000 000 so‘m

UK

9.

“Anxor Sayli” MChJ

100

208 079 686 800 so‘m

MChJ

10.

"STEEL PROPERTY CONSTRUCTION" MChJ

26,80

167 817 179 189 so‘m

MChJ

Toshkent shahri, T. Shevchenko ko'chasi, 7.                                                                     2021 yil 16 avgust

Aksiyadorlar bilan korporativ munosabat boshqarmasi

____________________________________________________________________


Korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalariga rioya qilish haqida Xabarnoma

   2020 yil 1 yanvardan 2020 yil 31 dekabrgacha bo'lgan davr uchun "Rioya qil yoki tushuntir" ("comply or explain") xalqaro tamoyilida e'lon

"O'zbekiston temir yo'llari" aksiyadorlik jamiyati, aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish bo'yicha komissiya yig'ilishining 2015 yil 31 dekabrdagi bayonnomasi bilan tasdiqlangan korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalariga yagona aksiyadorning 2016 yil 30 iyundagi qaroriga asosan o'zining haqqoniy va ochiq biznes yuritish tarafdori ekanligini namoyon qilgan holda ixtiyoriy ravishda amal qilmoqda.

2020 yil 1 yanvardan 2020 yil 31 dekabrgacha bo'lgan davr mobaynida "O'zbekiston temir yo'llari" AJ o'z faoliyatini korporativ boshqaruv kodeksining (keyingi o'rinlarda - Kodeks) tavsiyalariga rioya qilgan holda olib borаdi va kelgusida ham ularga rioya qilishni ko'zlaydi.

Shu bilan birga, hisobot davrida Kodeksning tavsiyalari ba'zi istisnolar bilan amalga oshirildi.

I. Kodeksning V bo'limi 22-bandi:

4-xatboshisining tavsiyasiga ko'ra, xorijiy tajribada muvaffaqiyatli sinovdan o'tgan boshqaruv uslublari, shu jumladan, SWOT, GAP tahlil va boshqa yondashuvlar, maxsus dasturiy mahsulotlar va boshqalarni keng qo'llaydi.

Shu bilan birga, kelajakda, yangi talablarni hamda maqsadga muvofiqlikni inobatga olib, "O'zbekiston temir yo'llari" AJda boshqaruv uslublari va boshqa yondashuvlardan foydalanish, shuningdek zamonaviy boshqaruv tizimlarini tadbiq qilishni moliyalashtirish rejalashtirilmoqda.

II. Kodeksning VI bo'limi 25-bandi:

10-xatboshisining tavsiyasiga ko'ra, jamiyat boshqaruv organlari AJ faoliyatida korporativ Qonunchilik talablariga rioya etilishini nazorat qilishga mas'ul bo'lgan va kuzatuv Kengashiga hisobot beruvchi korporativ maslahatchi lavozimini joriy etadi.

Hozirda "O'zbekiston temir yo'llari" AJda aksiyadorlar bilan korporativ munosabatlar boshqarmasi tuzilgan bo`lib jamiyat faoliyatida korporativ Qonunchilik talablariga rioya etilishini nazorat qiladi. Bundan tashqari, har yili korporativ boshqaruv tizimini baholash o'tkaziladi. Korporativ boshqaruv kodeksi me'yorlariga rioya etish natijalari Kuzatuv kengashi tomonidan ko'rib chiqiladi.

Toshkent shahri,

T. Shevchenko ko'chasi, 7.                                              25 fevral 2022 y.

Korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalariga rioya qilish haqida Xabarnoma.

2019 yil 1 yanvardan 2019 yil 31 dekabrgacha bo'lgan davr uchun "Rioya qil yoki tushuntir" ("comply or explain") xalqaro tamoyilida e'lon.

"O'zbekiston temir yo'llari" aksiyadorlik jamiyati, aktsiyadorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish bo'yicha komissiya yig'ilishining 2015 yil 31 dekabrdagi bayonnomasi bilan tasdiqlangan korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalariga aksiyadorlar umumiy yig'ilishining 2016 yil 30 iyundagi qaroriga asosan o'zining haqqoniy va ochiq biznes yuritish tarafdori ekanligini namoyon qilgan holda ixtiyoriy ravishda amal qilmoqda.

2019 yil 1 yanvardan 2019 yil 31 dekabrgacha bo'lgan davr mobaynida "O'zbekiston temir yo'llari" AJ o'z faoliyatini korporativ boshqaruv kodeksining (keyingi o'rinlarda - Kodeks) tavsiyalariga rioya qilgan holda olib bordi va kelgusida ham ularga rioya qilishni ko'zlaydi.

Shu bilan birga, hisobot davrida Kodeksning tavsiyalari ba'zi istisnolar bilan amalga oshirildi.

I. Kodeksning V bo'limi 22-bandi:

4-xatboshisining tavsiyasiga ko'ra, xorijiy tajribada muvaffaqiyatli sinovdan o'tgan boshqaruv uslublari, shu jumladan, SWOT, GAP tahlil va boshqa yondashuvlar, maxsus dasturiy mahsulotlar va boshqalarni keng qo'llaydi.

Shu bilan birga, kelajakda, yangi talablarni hamda maqsadga muvofiqlikni inobatga olib, "O'zbekiston temir yo'llari" AJda boshqaruv uslublari va boshqa yondashuvlardan foydalanish, shuningdek zamonaviy boshqaruv tizimlarini tadbiq qilishni moliyalashtirish rejalashtirilmoqda.

II. Kodeksning VI bo'limi 25-bandi:

10-xatboshisining tavsiyasiga ko'ra, jamiyat boshqaruv organlari AJ faoliyatida korporativ Qonunchilik talablariga rioya etilishini nazorat qilishga mas'ul bo'lgan va kuzatuv Kengashiga hisobot beruvchi korporativ maslahatchi lavozimini joriy etadi.

"O'zbekiston temir yo'llari" AJ Kuzatuv kengashi tomonidan jamiyatning korporativ maslahatchisi to'g'risida Nizom tasdiqlandi. Hozirda "O'zbekiston temir yo'llari" AJ faoliyatida korporativ Qonunchilik talablariga rioya etilishini nazorat qiluvchi aktsiyadorlar bilan korporativ munosabatlar bo'yicha alohida lavozim tashkil etilgan. Bundan tashqari, har yili birja korporativ boshqaruv tizimini baholash o'tkaziladi. Korporativ boshqaruv kodeksi me'yorlariga rioya etish natijalari Kuzatuv kengashi tomonidan ko'rib chiqiladi.

Toshkent shahri, T. Shevchenko ko'chasi, 7.                                                                     2021 yil 04 avgust

Aksiyadorlar bilan korporativ munosabat boshqarmasi

____________________________________________________________________


“O'zbekiston temir yo'llari” aksiyadorlik jamiyati 

Korxonalar va tarkibiy bo'linmalarning moliya-xo'jalik faoliyati menejment konsaltingi xizmatini ko'rsatuvchi tashkilotni aniqlash uchun tanlov e'lon qiladi. 


Konsalting xizmati tarkibiga quyidagilar kiradi:

a.  Korxonalar va tarkibiy bo'linmalar faoliyatining o'ziga xosligi (spesifika)ni o'rganish hamda Tarmoq kelishivuni yaxshilash yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
b.  Davlat organlariga Tarmoq kelishuvidagi hisob-kitob va soliqqa tortish masalalari yuzasidan murojaat tayyorlash, lozim bo'lsa vakil sifatida qatnashish;
v.  Tarmoq kelishivu normalaridagi soliqqa tortish va xujjat aylanishi bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
g.  Tarmoq kelishuviga kiritilgan o'zgartirishlar va qo'shimchalarni korxonalar va tarkibiy bo'linmalarda tadbiq etish;
d.  O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi o'zgarishi hollarida Tarmoq kelishuviga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritib turish.

Konsalting xizmati 34 ta korxona va mustaqil tarkibiy bo'linmalarga, shu jumladan tuzilmaga kiruvchi 52 ta bo'linmalarga ko'rsatilishi ko'zda tutiladi.

Konsalting tashkilotlariga qo'yilgan talablar:

1.  Soliq solish bo'yicha konsalting sohasida 10 yildan kam bo'lmagan muddatda faoliyat yuritganligi;
2.  Tarmoq  normativ-huquqiy hujjatlar va ichki hujjatlarni ishlab chiqish tajribasiga ega bo'lishi;
3.  “O'zbekiston temir yo'llari” AJ bilan ish tajribasiga ega bo'lishi va tarmoqning o'ziga xos xususiyatlari hamda tuzilmasidan xabardor bo'lishi.
Takliflar quyidagi xujjatlar bilan qabul qilinadi:

• tashkilot ro'yxatdan o'tganligini tasdiqlovchi xujjailar nus'hasi;
• tashkilot rahbarlari va ularning malakalari to'g'risida ma'lumot;
• tanlov ishtirokchisi to'g'risida umumiy ma'lumot va tashkilot faoliyatini tavsiflovchi boshqa ma'lumotlar;
• ishlab chiqilgan tarmoq normativ-huquqiy xujjatlar va lokal xujjatlar to'g'risida ma'lumot;
• davlat dasturlarida ishtiroki to'g'risida ma'lumot;
• tijorat taklifi narxi;
• xizmat shartlari va muddatlari.
 Takliflar 2018 yil 15 iyundan kech bo'lmagan muddatgacha quyidagi manzil orqali qabul qilinadi:

100060,Toshkent shahri, T. Shevchenko ko'chasi, 7
Ma'lumot uchun telefonlar: 237 – 96 – 19, 237 – 91 – 33
E-mail: nfz@uzrailway.uz

Moliya boshqarmasi
01.06.2018 yil №НФБ1/131 

----------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------


Auditorlik tashkilotlari diqqatiga!

      “O'zbekiston temir yullari” aktsiyadorlik jamiyati Milliy va xalqaro audit standartlar asosida 2018 yil yakuni bo'yicha tashqi auditorlik tekshiruvi o'tkazish uchun tanlov e'lon qilmoqda. Auditorlik tekshiruvi bosh bo'lim va 110 ta xududiy bo'linmalarda o'tkaziladi.

Auditorlik tashkilotlariga qo'yilgan talablar:

1.      O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida hamda Davlat raqobat qo'mitasida tashqi

auditni o'tkazadigan auditorlik tashkilotlar ro'yxatiga kirgan bo'lishi;

2.      O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 4 apreldagi PQ-615 – sonli Qarori bilan tasdiqlangan  auditorlik tashkilotlari to'g'risida Nizom qoidalariga muvofiq bo'lishi;

3.      Yirik korxonalar bilan ishlash tajribasi.

       Takliflar 2018 yil 20 iyundan kech bo'lmagan muddatgacha quyidagi manzil orqali qabul qilinadi:

100060,Toshkent shahri, T. Shevchenko ko'chasi,7 

Ma'lumot uchun telefonlar: 237 – 96 -19 , 237-91-33

E-mail: nfz@uzrailway.uz, nfb102@yandex.ru

Moliya boshqarmasi

№НФБ1/125 от 30.05.2018г.

 

----------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------

Auditorlik tashkilotlari diqqatiga!

 “O'zbekiston temir yullari” aktsiyadorlik jamiyati Milliy va xalqaro audit standartlar asosida 2018 yil yakuni bo'yicha tashqi auditorlik tekshiruvi o'tkazish uchun tanlov e'lon qilmoqda. Auditorlik tekshiruvi bosh bo'lim va 110 ta xududiy bo'linmalarda o'tkaziladi.

Auditorlik tashkilotlariga qo'yilgan talablar:

1.      O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida hamda Davlat raqobat qo'mitasida tashqi auditni o'tkazadigan auditorlik tashkilotlar ro'yxatiga kirgan bo'lishi;

2.      O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 4 apreldagi PQ-615 – sonli Qarori bilan tasdiqlangan  auditorlik tashkilotlari to'g'risida Nizom qoidalariga muvofiq bo'lishi;

3.      Yirik korxonalar bilan ishlash tajribasi.

 Takliflar 2018 yil 31 maydan kech bo'lmagan muddatgacha quyidagi manzil orqali qabul

qilinadi:

100060,Toshkent shahri, T. Shevchenko ko'chasi,7 

Ma'lumot uchun telefonlar: 237 – 96 -19 , 237-91-33

E-mail: nfz@uzrailway.uz, mirzaevas@gmail.com

Moliya boshqarmasi


-----------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------

KORPORATIV BOSHQARUV KODEKSI TAVSIYALARINI QABUL QILGANLIGI TO‘G‘RISIDA


“O`zbekiston temir yo`llari” AJ shuni ma’lum qiladiki, yagona aksiyadorning 2016 yil “30” sentyabrdagi qarori bilan jamiyat tomonidan 2016 yil “03” oktyabrdan boshlab, Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi yig‘ilishining 2015 yil “31” dekabrdagi 9-bayonnomasi bilan tasdiqlangan Korporativ boshqaruv kodeksiga rioya qilish majburiyati qabul qilindi.

Aksiyadorlar bilan korporativ munosabatlar boshqarmasi

03.10.2016 yil