O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan seminar-trening tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida “Davlat tashkilotlarida korrupsiyani oldini olish mexanizmlarining samaradorligi: 2022 yil natijalari tahlili va 2023 yilning istiqboldagi rejalari” mavzusidagi seminar-trening onlayn shaklda bo‘lib o‘tdi. Unda, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat va komplayens boshqarmasi va tizim tashkilotlarining 30 nafardan ortiq korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining xodimlari ishtirok etdi. 

Tadbirda davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 12 yanvardagi PQ–81-son qarorida davlat tashkilotlari xodimlari uchun reyting baholash, shu jumladan elektron platformadan foydalanish tartibi tushuntirildi, shuningdek “yaxshi” deb baholangan davlat tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ijobiy tajribasini o‘rganildi. 

Shuningdek, seminar ishtirokchilari “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nohukumat tashkiloti (Sloveniya) eksperti Kventin Ridning “Korrupsiya xavf-xatarlarini baholash tushunchasi va qo‘llanilishi” mavzusidagi taqdimoti bilan tanishdilar. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentlik mutaxassislari tomonidan tashkilot korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining xodimlariga korrupsiya xavf-xatarlarini baholash natijalari haqida to‘liq maʼlumotlar berilib, tashkilotlardagi korrupsion xavf-xatarlarni baholash, ular haqidagi maʼlumotlarni e-anticor.uz elektron platformasiga kiritishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama qilindi.

Seminar davomida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati xodimlar va boshqa ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollarga O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentlik mutaxassislari va xalqaro ekspert tomonidan atroflicha maʼlumotlar berildi.

Axborot-tahliliy media markazi