Jamiyatning yuqori va o‘rta bo‘g‘in xodimlariga korrupsiyani oldini olish bo‘yicha maxsus o‘quv kurslari tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11 mayda qabul qilingan “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-240-sonli Qarori ijrosini taʼminlash va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ da korrupsiyaviy xavf-xatarga moyillik darajasi yuqori bo‘lgan rahbar xodimlarga 9-12 oktyabr kunlarida Toshkent temir yo‘l texnikumi huzuridagi kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti (O‘zMU)ning Falsafa va Huquq fanlari doktori (PHD) Saitmurotov Jobirjon tomonidan Korrupsiyaning oldini olish va xodimning ishga bo‘lgan xulq-atvor etikasi yo‘nalishida o‘quv kurslari tashkil etildi.O‘quv jarayonida Jamiyat xodimlari korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yangi bilimlarga ega bo‘ldilar va Jamiyatning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi asosiy ichki idoraviy hujjatlar bilan tanishtirildilar. O‘quv kursi yakunida imtihon-test sinovlaridan o‘tgan xodimlarga maxsus Sertifikatlar taqdim etildi.
"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi