“O‘zbekistonda davlat boshqaruvini takomillashtirish – inklyuziv ravishda korrupsiyaning oldini olish” loyihasi rejasiga muvofiq o‘quv seminarlari o‘tkazildi.

Yevropa Ittifoqi, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) va Latviya Markaziy moliya agentligi bilan hamkorlikda Yevropa Ittifoqining “O‘zbekistonda davlat boshqaruvini takomillashtirish – inklyuziv ravishda korrupsiyaning oldini olish” loyihasi rejasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan o‘quv seminarlari o‘tkazildi. O‘quv seminarlari davlat organlari va tashkilotlari hamda xo‘jalik jamiyatlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari yuqori va o‘rta darajadagi mas’ul xodimlari uchun “Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish” mavzusida o’tkazilib, mavzuga doir xalqaro tajriba o‘rganildi va fikrlar bilan almashildi.