
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi Zufar G’iyasovich Narzullayevning jamiyat xodimlariga MUROJAATI:
Hurmatli hamkasblar va aziz yurtdoshlar!
Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish davlatimiz siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Zero, korrupsiya – taraqqiyotimizga, xalqimiz farovonligiga putur yetkazuvchi, eng asosiysi, adolat va halollik tamoyillarining qadrsizlanishiga olib keluvchi xatarli illatdir.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida shunday degan edilar: “Hammamiz yagona kuch bo‘lib harakat qilsak, albatta, katta ijobiy samaraga erishamiz. Shu bois butun jamoatchilik korrupsiyaga jamiyat tanasidagi saraton sifatida qarashi kerak.” Ushbu da’vat bugungi kunda faoliyatimiz bosh mezoni bo‘lmog‘i lozim.
So‘nggi yillarda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ faoliyatida shaffoflikni ta’minlash, hujjatlar aylanishini raqamlashtirish, ichki nazorat va monitoring tizimlarini kuchaytirish orqali korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish yuzasidan izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Ammo bu borada amalga oshirilayotgan ishlar samarasi, avvalo, har bir xodimning halolligi va fuqarolik mas’uliyati bilan chambarchas bog‘liqdir.
Shu bois “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ xodimlari:
qonun va korrupsiyaga qarshi kurashish ichki hujjatlari talablariga so‘zsiz rioya etishi;
halollik, poklik va xolislikni o‘z kasbiy faoliyatida mezon etib belgilashi;
korrupsion holatlarga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lishi shart.