"O'zbekiston temir yo'llari” aksiyadorlik jamiyati korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasining korrupsiya faktlariga doir murojaatlarni ko'rib chiqish natijalari haqidagi HISOBOT
“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasining korrupsiya faktlariga doir murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari haqidagi
HISOBOT
2026-yil 01-yanvar holatiga
Umumiy ma’lumot
“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati Korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasiga 2025-yil davomida aloqa kanallari orqali jami 72 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:
-
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 4 ta;
-
Andijon viloyati – 2 ta;
-
Farg‘ona viloyati – 6 ta;
-
Samarqand viloyati – 5 ta;
-
Sirdaryo viloyati – 3 ta;
-
Buxoro viloyati – 3 ta;
-
Qashqadaryo viloyati – 11 ta;
-
Surxandaryo viloyati – 2 ta;
-
Xorazm viloyati – 7 ta;
-
Toshkent shahri – 27 ta;
-
Toshkent viloyati – 2 ta.
Ko‘rib chiqish natijalari
“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati Korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasiga 2025-yil davomida kelib tushgan murojaatlar o‘rganilib, 22 ta murojaat yuzasidan mualliflarga javob xati, 30 ta murojaat bo‘yicha xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, tegishli xulosalar taqdim etildi. 12 ta murojaat bo‘yicha o‘rganish o‘tkazilib, shundan 7 tasi borasida ta’sir choralari qo‘llanildi. 4 ta murojaat huquqni muhofaza qilish organlariga yo‘naltirildi, 4 tasi ko‘rmasdan qoldirildi.
Minimallashtirish choralari
Korrupsiya faktlariga doir kelib tushgan murojaatlardan kelib chiqib korrupsion xavf- xatarlarni minimallashtirish bo‘yicha tegishli bo‘linmalar tomonidan ko‘rilgan choralar:
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ishchi-xodimlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida jamiyat va uning tizim tashkilotlarida ma’ruza va davra suhbatlari tashkil etish;
-
Kadrlar va iqtisodiy siyosat, xaridlar bilan bog‘liq funksiyalarni raqamlashtirish orqali markazlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
-
Jamiyatning aloqa kanallari hamda davlat nazorat organlaridan kelib tushgan murojaatlar o‘z vaqtida o‘rganilib, mualliflarga tegishli xulosa va javoblar taqdim etish;
-
Mijozlar bilan ishlashda, infratuzilma hamda harakat xavfsizligi bilan bog‘liq xodimlar faoliyatini boshqarish maqsadida dasturiy texnologiyalar, yangi modullar ishlab chiqish;
-
Manfaatlar to‘qnashuvini oldini olishda manfaatlar to‘qnashuvi deklaratsiyalarini tahlil qilish, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan xodimlarni ogohlantirish;
-
Jamiyat mol-mulkini saqlash va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida nazorat dastaklarini yaratish va tashqi tizimlar bilan integratsiyasini ta’minlash;
-
Korrupsiyaga qarshi tartib-taomillarning samaradorligini monitoring va nazorat qilish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Faylni yuklab olish