“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda 2026 yilning I choragi uchun korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining amal qilishi haqida UMUMIY HISOBOT

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda 2026 yilning I choragi uchun korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining amal qilishi haqida
UMUMIY HISOBOT


Bugungi kun holatiga ko‘ra Jamiyat xodimlari tomonidan: 825 ta yillik deklaratsiya, 367 ta ishga qabul qilishdagi deklaratsiya, 738 ta boshqa ishga o‘tkazilgandagi deklaratsiyalar to‘ldirilgan. Taqdim etilgan deklaratsiyalar Jamiyat maxsus bo‘linmalari tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, tahlil qilinmoqda. Bundan tashqari o‘rganishlar natijasida jami 4 ta manfaatlar to‘qnashuvi holatlari aniqlanib, 2 ta xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi, 2 ta xodim rotatsiya qilindi.

Jamiyat xodimlari huquqiy savodxonligi va ongini rivojlantirish, halollik, poklik, ko‘nikmalarini singdirish orqali korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida tizim tashkilotlarida 45 nafar xodim xalqaro Korrupsiyaga qarshi menejment tizimi yo‘nalishida o‘qitildi. Bundan tashqari, yuqori rahbariyat, bo‘lim boshliqlari, komplayens tuzilmalari uchun “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2026 yil 11 martdagi NOK-40-sonli buyrug‘i bilan “ISO 9001 bo‘yicha sifat menejmenti tizimi (SMT) va iqtisodiyot samaradorligini oshirish bo‘yicha rahbarga ko‘rsatmalar. Strategik boshqaruv, BSC, Kaizen, Lean Production” mavzusidagi xorijiy o‘quv kursi tashkil etildi.

Hisobot davrida korrupsiyaviy xatti-harakatlar, manfaatlar to‘qnashuvi va unga oid boshqa qoidabuzarliklar to‘g‘risida aloqa kanallari orqali 15 ta xabar kelib tushgan bo‘lib, hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:

1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 1 ta;

2. Andijon viloyati - 3 ta;

3. Samarqand viloyati - 4 ta;

4. Surxondaryo viloyati - 1 ta;

5. Toshkent shahri - 4 ta;

6. Toshkent viloyati - 2 ta.

Shundan 7 ta murojaat jismoniy shaxslardan, 1 ta murojaat yuridik shaxsdan, 7 ta murojaatlar huquqni muhofaza qilish va nazorat organlaridan yuborilgan. Ular orasida 12 ta murojaatning mazmuni korrupsiyaviy xatti- harakatga, 1 tasi manfaatlar to‘qnashuviga, 1 tasi xarid tartib-taomillariga, 1 tasi mehnat munosabatlariga doir. Mazkur murojaatlarning 7 tasi bo‘yicha xizmat tekshiruvi, 5 tasi bo‘yicha o‘rganish o‘tkazilib, tegishli xulosalar taqdim etildi. 1 tasi anonim deb topilib, ko‘rmasdan qoldirildi. 2 ta murojaat yuzasidan mualliflarga tushuntirishlar berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining yagona axborot tizimlari yordamida masofaviy auditi natijasida Jamiyat manziliga kelib tushgan risk (xavf)larni bartaraf etish choralari amalga oshirildi.Xususan:

- Manfaatlar to‘qnashuvi bir xil IP manzillar - 40 ta holat;

- Affillanganlik holati bir xil IP manzillar - 2 ta holat;

- Affillanganlik (tanlov va auksion jarayonida ishtirokchilar taʼsischisi yoki direktori bir shaxs bo‘lgan holatlar) - 4 ta holat;

- “Manfaatlar to‘qnashuvi — yetkazib beruvchi rahbari/taʼsischisi “O‘TY” tizimida ham rahbar bo‘lishi yoki xarid komissiyasi aʼzolari va rahbarlarning yaqin qarindoshlariga tegishli korxonalar bilan shartnoma tuzilishi holatlari” - 11 ta holat;

- Davlat ulushi mavjud tashkilotlarida nepotizm tahlili (yaqin qarindoshlarning biri birining bo‘ysinuvida ishlash holatlari) - 4 995 ta holat;

- Davlat mulklarini ijaraga berishda kommunal to‘lovlarni hisobga olmaslik - 5 ta holat.

Hisobot davrida jami 7 ta o‘rganishlar o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 2 tasi jismoniy shaxslar arizasi asosida, 1 tasi Jamiyat boshqaruv raisi tashabbusi bilan, qolgani huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari tomonidan yuborilgan murojaatlar asosida amalga oshirilgan.

O‘rganishlar natijasida:

- 4 nafar xodimga o‘rtacha oylik ish haqidan jarima jazosi belgilandi;

- jami 4 nafar rahbar va xodim lavozimdan ozod etildi.

 https://youtu.be/AMGr9Zi8Ups?si=_umd60vAwHd1ykNY

Faylni yuklab olish
file