“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tizimida korrupsiyaning oldini olish, sohada xodimlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tizimida korrupsiyaning oldini olish, sohada xodimlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–81-son qarori hamda sohadagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 22-iyun kuni korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Ishlarni boshqarish direksiyasining majlislar zalida “Jamiyat tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va ularning samaradorligi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Ushbu tadbir “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va O‘zbekiston Respublikasi Qizil yarim oy jamiyati temir yo‘l mintaqaviy tashkiloti o‘rtasida joriy yilning 1-may kuni imzolangan 1-sonli memorandum doirasida ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish maqsadida o‘tkazildi.

Davra suhbatida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish hamda har qanday korrupsiyaviy holatlarga nisbatan murosasizlik muhitini yaratish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Ishtirokchilar tomonidan jamiyat tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha joriy etilgan mexanizmlar va ularning amaliy natijalari tahlil qilindi.

Tadbir yakunida o‘zaro hamkorlikni yanada manzilli va samarali tashkil etish, shuningdek, Jamiyat tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va ularning samaradorligiga jamoatchilik bahosini bilish, aholi va keng jamoatchilik fikrini o‘rganish uchun “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini baholash bo‘yicha ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazilishi belgilandi.

Mazkur so‘rovnoma natijalari tizimda shaffoflikni oshirish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha kelgusidagi strategik rejalarni belgilashda muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

 

Faylni yuklab olish
pdf