2026-yil I chorakda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda 2026-yil I choragi davomida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi.
Hisobot davrida Jamiyatda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari ishtirokida davra suhbatlari hamda videokonferensiyalar tashkil etildi, ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalari orqali keng qamrovli huquqiy targ‘ibot ishlari olib borildi. Shuningdek, korrupsiyaviy xavf-xatarlar baholanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi.