Korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni şakllantirişga qaratilgan uçraşuv ötkazildi

“Özbekiston temir yöllari” aksiyadorlik jamiyati hamda Özbekiston Respublikasi Transport prokuraturasi hamkorligida Jamiyat va uning tizim taşkilotlari xodimlari iştirokida korrupsiyaning oldini oliş va unga nisbatan murosasiz munosabatni şakllantirişga qaratilgan profilaktik uçraşuv taşkil etildi.
Unda Transport prokurori örinbosari Doniyor Rahmatullayev, Transport prokuraturasining Şaxsiy xavfsizlik böyiça bölimi boşliği Jahongir Rözimurodov, Jamiyat rahbariyati hamda tarkibiy bölinmalar rahbarlari qatnaşdi. Tizim taşkilotlari rahbarlari uçraşuvda ZOOM platformasi orqali iştirok etdilar.
Muloqot davomida korrupsiyaga qarşi kuraşiş, manfaatlar töqnaşuvining oldini oliş, davlat xaridlarida oçiqlik va şaffoflikni taʼminlaş, davlat mablağlaridan samarali foydalaniş masalalari yuzasidan tuşuntirişlar berildi. Şuningdek, temir yöl infratuzilmasini quriş va taʼmirlaş, yuk va yölovçi taşiş xizmatlari hamda şartnomaviy munosabatlarda yuzaga kelişi mumkin bölgan korrupsiyaviy xavf-xatarlar va ularning oldini oliş çoralari muhokama qilindi.
Uçraşuvda korrupsiyaga qarşi kuraşiş har bir rahbar va xodimning masʼuliyatli vazifasi ekani alohida taʼkidlandi. Yakunda qonuniylikni mustahkamlaş, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş hamda xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltiriş borasidagi hamkorlikni yanada kuçaytiriş zarurligi qayd etildi.