Toshkent temir yo'l muhandislari instituti zamonaviy yondashuvlar asosida rivojlanadi

Bosh vazirining birinchi o'rinbosari – Transport vaziri Achilboy Ramatov tomonidan Toshkent temir yo'l muhandislari institutini zamon talablariga muvofiq takomillashtirish borasida qo'yilgan vazifalar ijrosiga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazildi. 

“O'zbekiston temir yo'llari” aksiyadorlik jamiyati raisi v.b. X.Xasilov boshqargan yig'ilishda ta'lim yo'nalishlari kesimidagi o'rganishlar natijalari tahlil etilib, sohada kechayotgan islohotlar bilan hamohangligini ta'minlash borasida so'z bordi. Oliy ma'lumotli kadrlarni tayyorlashning maqsadli mezonlarini shakllantirish, institutdagi ixtisoslik yo'nalishlari va mutaxassisliklarni aktsiyadorlik jamiyatida joriy etilayotgan dasturlarning talab va extiyojlari, temir yo'l tizimi tarmoqlarini kompleks taraqqiy toptirish istiqbollarini inobatga olgan holda optimallashtirish masalalari tahlil etildi. 
Yig'ilish raisi mashinasozlik va ko'priksozlik masalalari bo'yicha “Vagonlar va vagon xo'jaligi” va “Ko'priklar va tonellar” kafedralarining taqdimotlari yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi. Tizimda mashinasozlik va ko'priksozlikka xos mavjud muammolarni yechimini topishda ilmiy laboratoriyalar bazasini mustahkamlashga e'tibor qaratish kerakligini uqtirdi.   
Yig'ilishda konchilik ishi, ko'mirchilik, geologiya va minerologiya kabi yo'nalishlarda kadrlar tayyorlaydigan alohida Konchilik ishi fakultetini tashkil etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar axboroti tinglandi. 
Professor-o'qituvchilar, pedagoglar xodimlarning dunyoqarashini, shaxsiy mas'uliyati va o'zkasbiga bo'lgan munosabatini tubdan o'zgartirmasdan turib, qilinayotgan ishlar samaradorligiga erishish mushkul. Bunday ko'lamdagi islohotlarni amalga oshirish uchun pedagogik tarkib butunlay yangicha talablar asosida ish olib borishlari lozimligi ta'kidlandi. Shuningdek, raqobatdosh va yuqori malakali kadrlar tayyorlash, Toshkent temir yo'l muhandislari institutida ta'lim sifati va samaradorligini tubdan oshirish masalasi “O'zbekiston temir yo'llari”  AJ ijtimoiy siyosatining asosiy negizini tashkil etishi xususida fikr bildirdi. 

Yig'ilishda navbatdagi masala sifatida chet tillarida erkin so’zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan o'quv ishlari bo'yicha prorektor A.Gulamov hisoboti tinglandi. Ingliz tili kursi tinglovchi professor-o'qituvchilari va bitiruvchi bakalavr va magistrantlarga ingliz tilini bilish darajasini aniqlash, darajasi va yo'nalishidan kelib chiqib, kichik guruxlar tashkil etilganligi qayd etildi. 
Shuningdek, Xitoy Xalq Respublikasi oliy ta'lim muassasalarining konchilik ishi va ko'mirchilik yo'nalishidagi tajribasini o'rganish, Xitoy oliy ta'lim muassasalari yetakchi professor-o'qituvchilarini ta'lim jarayoniga jalb qilish hamda Toshkent davlat texnika universitetining mutaxassis professor-o'qituvchilari va institut professor-o'qituvchilaridan iborat guruhni xizmat safariga jo'natish masalasi o'rganib chiqildi. 
Yig'ilishda “O'zbekiston temir yo'llari” AJ mas'ul xodimlari va institut rahbariyatiga ko'rilgan masalalar yuzasidan zarur topshiriqlar berildi.


Ahborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI