Paytug' stantsiyasidagi bo'sh vagonlarning qochish xolati to'g'risida

"Qo'qon-MTU" unitar korxonasiga qarashli Paytug stantsiyasning "Paytug GTS" shaxobcha yo'lida 13 (6ta bo'sh va 7ta yuklangan) vagonlarning qochish xolati sodir bo'ldi, natijada uchta vagon boshi berk yo'liga chiqib ikkita bo’sh vagonning izidan chiqishiga sabab bo'ldi.

Mazkur xolatning dastlabki sababi, mustaxkamlangan vagonlarning bo'shashi va past tomonga, boshi berk yo'l tomon harakatlanib ketishi. Xolat yuzasidan ayni vaqtda tekshiruv ishlari davom etmoqda.

IZOH: OAVda tarqatilayotgan ayrim ma'lumotlar, jumladan, mazkur voqea Andijon – Qo'qon yo'nalishining asosiy yo'lida sodir bo'lgani aslida noto'g'ri. Vagon qochishi shaxobcha yo'lida ro'y berib, asosiy ekspluatatsion temir yo'llarining faoliyatiga ta'sir ko'rsatmadi. Shuningdek, voqea tuman sababli sodir bo'lganligi ham haqiqatdan yiroq. E'tiboringizni shunga ham qaratishingizni xohlardikki, ba'zi bir OAVlarda hodisaga aloqasi bo'lmagan rasmlar taqdim etilmoqda.

Axborot-taxliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI