Yunusobod metrosining yangi liniyasini qurish uchastkasida avariya holati to'g'risida

Bugun, 18.12.2019 y., kuchli yog'imgarchilik oqibatida Yunusobod metrosining yangi liniyasining ochiq qurish uchastkasida avariya holati (qisman qulashi) sodir bo'ldi.

Ayni paytda O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o'rinbosari – Transport vaziri A.J.Ramatovning shaxsiy nazorati ostida hizmat tekshiruvi o'tkazilmoqda.

"O'zbekiston temir yo'llari"AJ raisi X. N. Xasilov voqea joyida. Vaziyat va jabrlanganlar haqida ma'lumotlar o'rganilmoqda va boshqa masalalar tezkorlik bilan hal etilmoqda.

Tergov natijalari tez orada jamoatchilikka taqdim etiladi.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI