Temir yo'l hududida xavfsizlik choralari
“Toshkent mintaqaviy temir yo'l uzeli” unitar korxonasiga qarashli “O'rtaovul” stantsiyasi jamoasi tashabbusi bilan Toshkent viloyati Zangi-ota tumanidagi 32-sonli umummiy o'rta ta'lim maktabi faollar zalida “Temir yo'l hududida xavfsizlik choralari” shiori ostida tadbir bo'lib o'tdi.
Unda “O'zbekiston temir yo'llari” aksiyadorlik jamiyati Harbiylashtirilgan qo'riqlash xizmati xodimlari, O'zbekiston bo'linmasi XTBJQB huquqbuzarlik proflaktik inspektori va tezkor vakillari, “O'rtaovul” stantsiyasi jamoasi, hududdagi barcha mahalla raislari hamda faollari, mutaxassislar, maktab rahbariyati, shuningdek, tumandagi yoshlar ittifoqi yetakchilari, temir yo'l yaqinida yashovchi aholi hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda “O'rtaovul” stantsiyasi navbatchisi, poezdlar harakati xavfsizligi katta jamoat inspektori Farrux Muxsinov so'zga chiqib, bugungi kunda yurtimizda olib borilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarida temir yo'llarning ham katta hissasi borligini aytib o'tdi. Maktablarda sinf rahbarlar birinchi navbatda o'quvchilarning davomatiga e'tibor qaratishi, temir yo'l hududidan o'tayotganda belgilangan qoidalarga amal qilgan holda telefondan foydalanmasliklarini hamda cheklangan hududlardan oshib o'tmaslik va chorva mollarini boqmaslik, shuningdek, poezdlarga tosh otmaslik kabi qoidabuzarliklar haqida tushintirish beribgina qolmay, bolaning begonasi bo'lmagani kabi poezdlarda ketayotgan yurtdoshlarimiz, mamlakatimizga tashrif byurgan sayohlar ham har birimiz uchun begona emasligi, ular orasida ota-onamiz, aka-ukamiz, opa-singlimiz borligini, shuning barobarida chet eldan keltirilgan mazkur zamonaviy elektropoezdlarning ehtiyot qismlari o'zimizda ishlab chiqarilmasligi, yangidan olib kelib o'rnatish anchagina qimmtga tushishi, bu nafaqat temir yo'l, balki davlatimiz iqtisodiyotiga ham katta zarar ekanligini unutmaslik lozimligini ta'kidladi.
– Temir yo'l hududida joylashgan maktab va u yerda yashovchi aholi bilan tezkor uchrashuvlarni va targ'ibot-tashviqot tadbirlarini bevosita mas'ul inspektorlar bilan birga o'tkazishni tashkil etilishi natijasida Zangi-ota hududida bir necha yillardan buyon baxtsiz hodisalar sodir bo'lmaganligini faxrlanib aytib o'tish o'rinli, – dedi F.Muxsinov. – Bu har birimizning amalga oshirib kelayotgan targ'ibot-tashviqot ishlarimiz natijasining asl mevasi deb bilaman.
Anjumanda O'zbekiston bo'linmasi XTBJQB huquqbuzarlik proflaktik inspektori M.Sotimov ham so'zga chiqib, temir yo'l hududidan o'tish qoidalari haqida atroflicha tushuntirib o'tdi. Proflaktik tekshiruvlar va kuzatuvlar natijasida 2019
yil davomida hududda sodir etilgan huquqbuzarliklar yuzasidan ma'lumot berdi. Shuningdek, “O'rtaovul” stantsiyasi hududidagi mahalla faollari bilan maktablarda olib borilgan targ'ibot va tashviqot ishlarining samarali yo'lga qo'yilganligi hisobiga baxtsiz hodisalar va huquqbuzarlik holatlari kuzatilmaganligini alohida ta'kidladi.
Uchrashuvda ishtirok etgan ruhshunoslar farzandlarni balog'at ya'ni o'tish davrida nazoratsiz qoldirmaslik hamda ularni bo'sh vaqtlaridan unumli foydalanib, o'qish va til, hunar o'rganishga jalb etishga tavfsiyalar berishdi. Shuningdek, temir yo'l hududidan foydalanishning 10 ta asosiy dasturi ishlab chiqilib, ularni birma-bir ishtirokchilarga tushintirib berildi. Jumladan, bunda bevosita temir yo'ldan o'tish joylarida ogohlantirish belgilariga amal qilish, yuqori tezlikda harakatlanuvchi poezlar o'tish vaqtida o'tish yo'lagidan va belgilanmagan joydan kesib o'tmaslik, temir yo'l transporti infratuzilmasiga zarar yetkazmaslik, tosh otmaslik, relslarga og'ir jismlarni qo'ymaslik, yuk vagonlari ustiga chiqmaslik, chorva mollarni boqmaslik, uyali telefondan foydalanmaslik, stantsiya navbatchisi ko'rsatmasiga kat'iy amal qilish hamda profilaktik tadirlarni tez-tez tashkil etib turish shular jumlasidandir. Tadbir so'nggida maktab o'quvchilari tomonidan tayyorlangan devoriy gazetalar, bukletlar, “Afrosiyob” elektoropoezdlari maketlari va sport mashg'ulotlari o'zgacha fayz bag'ishladi.
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI