Yo‘lovchilar diqqatiga!

Bugungi kunda Toshkent metropolitenining Sergeli yo‘nalishida yer usti metro qurilish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Ayni kunda mazkur loyihaning O‘rtaovul hamda Raximova stansiyalari orasidagi temiryo‘l ustidan o‘tadigan qismida bunyodkorlik ishlari amalga oshirilyapti. Ushbu hududdan poyezdlar vaqtincha soatiga 60 kilometr tezlikda harakatlanadi. Shu bois poyezdlar harakat jadvalida o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.


“O‘zbekiston temir yo‘llari”AJ ma'muriyati yuzaga keladigan noqulayliklar uchun barcha yo‘lovchilardan uzr so‘raydi.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI