Qo‘shimcha poyezdlar qatnovi tashkil etilayotgani haqida

Qoraqalpog‘iston Respublikasining chekka hududidagi Jaslik bekatigacha boradigan yo‘lovchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida joriy yil oktyabr oyida qo'shimcha poyezdlar qatnovi amalga oshirilmoqda. 484 -sonli ushbu yo‘lovchi poyezdi 2020 yil 15, 19, 22, 25, 29 va 30 oktyabr kunlari Toshkent markaziy vokzalidan soat 23:20 da jo‘naydi. Mazkur poyezd harakati davomida Samarqand, Buxoro, Misken, Qo‘ng‘irot vokzallari orqali o‘tib Jaslik bekatigacha boradi. 

Yo‘lovchilar chiptalarni elektron shaklda ham sotib olishlari mumkin.

IZOH:  Qo'shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo'l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

Axborot taxliliy media markazi




0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI