​Yo‘lovchilar uchun yana bir qulaylik

Respublikamizda kuzatilayotgan noqulay ob–havo sharoitida yo‘lovchilarga yanada ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida, bugun Toshkent-Qo‘qon-Toshkent yo‘nalishida 560/559 - sonli qo‘shimcha poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi. 

Bugun, ya'ni 28 noyabr kuni soat 18:30 da Toshkent Shimoliy vokzalidan harakatini boshlaydigan 560-sonli yo‘lovchi poyezdi soat 23:05 da Qo‘qon temir yo‘l vokzaliga kirib boradi. 

29 noyabr kuni soat 0:46 esa 559-sonli poyezd Qo‘qon temir yo‘l vokzalidan harakatini boshlab, shu kuni soat 05.00 da Toshkent Shimoliy vokzaliga kirib keladi. 

Chiptalarni bemalol elektron tarzda ham xarid qilishingiz mumkin.

IZOH: Qo‘shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

 “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ






0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI