Bosh qomusimiz kuniga bag‘ishlangan sport musobaqasi

Mamlakatimizda Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 28 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar keng nishonlanmoqda. “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi “Lokomotiv” Markaziy jismoniy sport klubida mazkur sanaga bag‘ishlangan sport musobaqasi o‘tkazildi.


2020 yilning oktyabr oyida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tizimida “ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi” buyrug‘ining tegishli bandlari va tarmoq kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan “ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish to‘g‘risida” 2020 yil 6 noyabr sanasi bilan tasdiqlangan qo‘mitaning qarori ijrosini ta'minlash maqsadida kasaba uyushmalari tomonidan tizim tasarrufidagi korxona, tashkilot va muassasalarda sportning darts, kegli va qisqa masofaga yugurish bo‘yicha musobaqalar tashkil qilindi. Unda “Toshkent”, “Qo‘qon”, “Buxoro”, “Termiz”, “Qarshi” va “Qo‘ng‘irot” mintaqaviy temir yo‘l uzeli unitar korxonalarining kasaba uyushma hududiy qo‘mitalari, korxona va tashkilotlarning birlashgan hamda boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitalarida sport tadbirlari karantin qoidalariga ko‘ra barcha sanitariya-epidemiologiya me'yorlariga rioya qilgan holda yuqori saviyada o‘tkazildi. Musobaqalarda 350 nafardan ortiq ishchi-xodim qatnashib, unda g‘oliblikni qo‘lga kiritganlar yakuniy bosqichda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

“Lokomotiv” Markaziy jismoniy sport klubida bo‘lib o‘tgan yakuniy bosqichda 72 nafar temiryo‘lchi o‘zaro kuch sinashdi. Unga ko‘ra uzoq masofaga sakrash bo‘yicha 1-o‘rinni “O‘ztemiryo‘lqurilishmontaj” unitar korxonasi mutaxassisi F.Raximberdiev egalladi. 2-o‘rin “Toshkent mexanika zavodi” aksiyadorlik jamiyati xodimi B.Toshevga nasib etdi. Kuchli uchlikdan “Toshkent metropoliteni” unitar korxonasi xodimi D.Fayzraxmonov joy oldi. Yugurish estafetasi bahsida esa 1-o‘rinni “Boshtransloyiha” aksiyadorlik jamiyati jamoasi, 2-o‘rinni “Toshkent metropoliteni” unitar korxonasi jamoasi hamda 3-o‘rinni “Quyuv – mexanika zavodi” sho‘ba korxonasi jamoasi egalladi. Kegli bahslarida esa “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati maxsus xizmat boshqarmasi xodimi I.Larkova barcha raqiblarini ortda qoldirib 1-o‘ringa sazovor bo‘ldi. 2-o‘rin “Toshkent metropoliteni” unitar korxonasi xodimi Y. Stepanovaga nasib etdi. 3-o‘ringa “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyati mutaxassisi R.Sokolova sazovor bo‘ldi. Tennis musobaqasi ham keskin kurashlarga boy o‘tdi. Biroq yakunda eng kuchlilar sovrindor bo‘lishdi. Unga ko‘ra “Toshkent yo‘lovchi vagonlarni qurish va tamirlash zavodi” aksiyadorlik jamiyati xodimi A.Arslanov 1-o‘rin sohibi bo‘ldi. 2-o‘rin “Toshkent metropoliteni” unitar korxonasi mutaxassisi D.Isaevga nasib etdi. Kuchli uchlikdan “Toshkent mexanika zavodi” aksiyadorlik jamiyati a'zosi joy oldi. Darts bo‘yicha 1-o‘ringa “Ko‘prikqurilish tresti” unitar korxonasi xodimi A.Gural sazovor bo‘ldi. 2-o‘rinni “Toshtemiryo‘lloyiha” aksiyadorlik jamiyati mutaxassisi M.Nigmanova egalladi. 3-o‘ringa “O‘ztemiryo‘lqurilishmontaj” unitar korxonasi a'zosi Sh. Abduraimova loyiq ko‘rildi.

Musobaqa yakunida g‘oliblar O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining diplom va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston temiryolchilari va transport quruvchilari 
kasaba uyushmasi Respublika Kengashi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI