Yangi yil bayrami oldidan yo‘lovchilarga yana bir qulaylik!
Bayram oldi kunlari yo‘lovchilarga transport xizmatlarini ko‘rsatishni yanada oshirish va ularga ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan Toshkent-Urgench-Toshkent yo‘nalishida 556/555-sonli yo‘lovchi poyezlari qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Mazkur poyezdlar joriy yil 24,26 dekabr kunlari Toshkent-Urgench, shuningdek, 25,27 dekabr kunlari Urgench-Toshkent yo‘nalishida 2 martadan qatnovini amalga oshirib, yo‘lovchilarni o‘z manzillariga yetkazib qo‘yadi.
Chiptalarni elektron tarzda ham xarid qilish mumkin.
IZOH: Qo‘shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.
АО «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi»
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI