
“Anhor-Lokomotiv” bayram dasturlari: o‘zbek estradasi yulduzlari, illuzionistlar shousi, yarmarka va parad …
Shu kunlarda “Anhor-Lokomotiv” dam olish va ko‘ngilochar bog‘i haqiqiy qish ertakiga aylanmoqda. Unitilmas yangi yil dasturi o‘z mehmonlariga sehrli olamiga sayohat qilishga yordam beradi.
Ajoyib yangi yilga dastur 25-dekabrdan boshlanadi. Istirohat bog‘iga kelgan mehmonlar har kuni o‘zlarini yangi yil ertakining bosh qahramonlari sifatida his qilishlari mumkin.
Yangi yil spektakli – “Qor malikasi” ertagi 25-dekabrda boshlanadi va yangi yil dasturi tugaguniga qadar davom etadi. Ushbu ertak hammaga bolaligidan ma'lum: sovuq va yovuz qor malikasi Kayni o‘g‘irlab ketadi va yuragini muz bo‘lagiga aylantirib qo‘yadi. Shunga qaramasdan uning sodiq va sadoqatli singlisi Gerda barcha qiyinchiliklar va to‘siqlarni yengib, sevgisi yordamida uning yuragini eritib yubordi. Ochiq sahnadagi spektaklni O‘zbekiston Milliy drama teatri aktyorlari ijrosidagi raqslar va kutilmagan voqealar bilan ijro etishadi.
Mo‘jizalarsiz yangi yil tasavvur qilib bo‘lmaydi shu sababdan 26-dekabrdan boshlab Siz o‘zingizni sehr va sehrgarlar dunyosida his qilishingiz mumkin bo‘ladi yani mamlakatimizning eng yaxshi illyuzionistlari Sizning tasavvuringizni hayratga soladigan va o‘zgacha tarzdagi bayram kayfiyati bilan ko‘nglingizni xushnid etadi.
28-29 dekabr kunlari “Yangi yil ertaklari paradi”ning namoyishi bo‘lishi kutilmoqda, bu erda taniqli ertak qahramonlari va obrazlari hayoliy sarguzashtlar dunyosida bo‘lganlarning hammasiga hamroh bo‘ladi.
“Firavnlarning raqs namoyishi” deb nomlangan ajoyib dastur 29-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Ekzotik raqs ijroidagi professional raqqoslar bir zumda Qadimgi Misr atmosferasini o‘zida nomoyon etadi.
Shuningdek, bog‘ning barcha mehmonlari uchun rus estrada yulduzlari ishtirokidagi bayram konserti haqiqiy sovg‘a bo‘ladi.
Bundan tashqari, yoshlar uchun yana bir sovg‘a, ya'ni taniqli bloggerlar va mashhur “Tik-tok” ijtimoiy tarmog‘ining yulduzlari bilan muxlislar uchrashuvlari rejalashtirilgan .
Umuman olganda, poytaxtimizning ushbu ko‘ngilochar burchagiga tashrif buyurgan har bir mehmonda ko‘plab lotereyalar, sovg‘alar bilan musobaqalar va ko‘ngilochar diskotekalar bo‘lib o‘tadi.
Bayram tadbirlari karantin choralariga qat'iy rioya etgan holda tashkil etiladi.
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI