Toshkent metropolitenining Sirg‘ali yo‘nalishida transport harakati ochilishi to‘g‘risida

Hurmatli metropoliten yo‘lovchilari, Sirg‘ali yo‘nalishi ochilishi munosabati bilan bugun Olmazar bekati texnik sabablarga ko‘ra soat 05:00 dan 13:00 gacha yopilgan edi. Shu munosabat bilan Chilonzor yo‘nalishidagi poyezdlar qatnov vaqti uzaytirilgan.
Shuningdek, bugun, 2020 yilning 26-dekabr kuni soat 16:00 da transport harakati ochiq bo‘lishi va Toshkent metropolitenining Sirg‘ali yo‘nalishi bo‘ylab poyezdlar qatnovi boshlanishi haqida e'lon qilamiz.
Ta'kidlash joizki, bugun soat 16:00dan to2021 yilning 1 yanvar soat 08:00ga qadar Bekat-1, Bekat-2, Bekat-3, Bekat-4, Bekat-5 stansiyalari bo‘ylab harakatlanish bepul bo‘ladi. Bepul harakatlanish faqat yangi Sirg‘ali liniyasida amal qiladi. Agar yo‘lovchi Chilonzor yo‘nalishidan (Olmazor bekatidan ham) harakatlansa yo‘l haqi to‘lanadi.
"Toshkent metropoliteni" UK
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI