Yo‘lovchilar uchun yana bir qulaylik yaratildi

Joriy yilning 22 yanvaridan Surxon vohasida yo‘lovchilarga qulaylik yaratish, transport xizmatlari ko‘rsatish ko‘lamini yanada oshirish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan “Termiz – Darband – Termiz” yo‘nalishida 6381/6382 sonli shaharlararo poyezdi harakatini boshladi. 


Soat 16:50da Termiz temir yo‘l vokzalidan harakatini boshlagan ushbu shaharlararo poyezd bugun soat 20:03da Darband vokzaliga kirib keladi. Mazkur poyezd 23 yanvar kuni ertalab soat 05:22da Darband vokzalidan harakatini boshlab, shu kuni soat 08:42da Termiz temir yo‘l vokzaliga kirib boradi.

Bugundan boshlab, mazkur poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilganligi munosabati bilan Toshkent – Termiz – Toshkent yo‘nalishidagi 80/79-sonli poyezdiga Darband vokzaligacha borish uchun ulanadigan qo‘shimcha vagonlar bekor qilinadi.

Shuningdek, Toshkent – Termiz – Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan 80/79-sonli hamda Qumqo‘rg‘on – Sariosiyo  yo‘nalishidagi 682-sonli poyezdlar harakat jadvaliga ham o‘zgartirish kiritildi.

IZOH: Qo‘shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin. 

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI