Yo‘lovchilar diqqatiga

Yo‘lovchilardan kelib tushgan murojaat va fikrlarini inobatga olgan holda, 2021 yilning 1 fevraldan boshlab, Toshkent – Andijon – Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan 60/59-sonli yo‘lovchi poyezdlarining jo‘nash va qabul qilish manziliga o‘zgarish kiritildi.

Xususan, mazkur sanadan boshlab, Toshkent – Andijon yo‘nalishida harakatlanayotgan 60-sonli yo‘lovchi poyezdi Toshkent-markaziy vokzalidan harakatini boshlaydi, shuningdek, Andijon – Toshkent yo‘nalishida harakatlayotgan 59-sonli yo‘lovchi poyezdi Toshkent-markaziy vokzaliga qabul qilinadi.

IZOH: Qo‘shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ



0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI