"Sharq" va "Nasaf" poyezdlari harakat jadvali o‘zgaradi

Yo‘lovchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida, 2021 yil 2-3 fevral kunlaridan boshlab, Toshkent – Buxoro – Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan 10/9-sonli “Sharq” hamda Toshkent – Qarshi – Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan 4/3-sonli “Nasaf” yo‘lovchi poyezdlarining harakat jadvaliga o‘zgarish kiritiladi.
Jumladan,  

2 fevral kunidan boshlab: 
10-sonli “Sharq” poyezdi Toshkent-Markaziy vokzalidan soat 18:50da,
4-sonli “Nasaf” poyezdi esa shu kuni soat 16:51da jo‘naydi. 

3 fevral kunidan boshlab:
9-sonli “Sharq” poyezdi Buxoro temir yo‘l vokzalidan soat 07:20da,
3-sonli “Nasaf” poyezdi Qarshi temir yo‘l vokzalidan soat 06:10da jo‘naydi.

IZOH: Qo‘shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ


0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI