Yangi yo‘nalish: Toshkent - Namangan - Andijon yo'nalishida poyezdlar qatnovi yo'lga qo'yildi

2021 yil 16 fevral kunidan boshlab, 64/63-sonli Toshkent – Andijon – Toshkent yo'nalishida harakatlanayotgan yo'lovchi poyezdi Namangan vokzali orqali qatnovini amalga oshiradi.

Mazkur poyezdlar haftada ikki marotaba, ya'ni 64-sonli yo'lovchi poyezdi haftaning seshanba va juma kunlari Toshkent – Namangan – Andijon yo'nalishida, 63-sonli yo'lovchi poyezdi esa haftaning chorshanba va shanba kunlari Andijon – Namangan – Toshkent yo'nalishida harakatlanadi.  

IZOH: Qo'shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo'l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI