Yo‘lovchi poyezdlari yo‘nalishlaridan birining harakat jadvalida o‘zgartirish kiritilmoqda


Yo‘lovchilarning talab va istaklarini inobatga olgan holda, ularga yanada ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida Toshkent – Andijon – Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan 94/93-sonli yo‘lovchi poyezdining harakat jadvaliga o‘zgartirish kiritildi. Unga ko'ra 2021 yil 24 feraldan boshlab mazkur poyezd Furqat hamda Quva stantsiyalarida ham to‘xtab o‘tadi.

IZOH:  Qo'shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo'l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ



0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI