Toshkent – Shahrisabz – Toshkent yo‘nalishida poyezdlar harakatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha qilinayotgan murojaatlarga izoh

2020 yilda dunyoning ko‘plab davlatlarida COVID-19 virusining keng tarqalishi tufayli, nafaqat xalqaro yo‘nalishlarga, balki mahalliy yo‘nalishlarda ham transportlar, ayniqsa, poyezdlar qatnovida cheklovlar joriy qilingan edi. 

Ayni kunda poyezdlar qatnovini to‘liq qayta tiklash uchun joylarda, xususan Toshkent – Shahrisabz – Toshkent yo‘nalishida ham marketing tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Tadqiqotlar natijalari o‘rganib chiqilib, yaqin kunlarda ushbu hududga ham poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

IZOH: Qo'shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo'l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI