Ichki turizmni rivojlantirish uchun yana bir qulaylik

Fuqarolarning dam olish kunlarida sayohatga borishlari uchun yanada ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida 2021 yil 4 apreldan boshlab, “Qo‘ng‘irot – Nukus – Xiva” yo‘nalishida haftaning yakshanba kunlari 604/603-sonli shaharlararo yo‘lovchi poyezdlarining qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. 

Qo‘ng‘irot – Xiva yo‘nalishida qatnovini boshlaydigan 604-sonli shaharlararo poyezdi soat 03:54 da Qo‘ng‘irot temir yo‘l vokzalidan, Xiva – Qo‘ng‘irot yo‘nalishida qatnovini boshlaydigan 603 sonli shaharlararo poyezdi soat 16:45 da Xiva temir yo‘l vokzalidan jo‘naydi.

IZOH: Qo'shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo'l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

"O'ztemiryo'lyo'lovchi" AJ

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI