Toshkent – Xojikent – Toshkent shaharlararo poyezdlarning yo‘lovchilari diqqatiga!
Soat 09:30 dan 16:30 gacha “Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli” UKga qarashli Qodirya – Oqqovoq stansiyalari oralig‘idagi temir yo‘lning 14-15 kilometrida kapital ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi. Shu bois, joriy yil 18 may kuni harakat jadvali bo‘yicha soat:
07:10 dagi – Toshkent – Xojikent;
10:10 dagi – Xodjikent – Toshkent;
14:06 dagi – Toshkent – Xojikent;
16:42 dagi – Xojikent–Toshkent yo‘nalishlarida harakatini amalga oshiradigan 6429/6430 hamda 6435/6436-sonli shaharlararo yo‘lovchi poyezdlari qatnovi bekor qilinadi.
Shu kuni soat 17:31 hamda 19:13 da harakatlanadigan Toshkent – Xojikent yo‘nalishidagi shaharlararo yo‘lovchi poyezdlari harakat jadvali bo‘yicha qatnovini amalga oshiradi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbariyati bunday noqulaylik uchun yo‘lovchilardan uzr so‘raydi.
“Toshkent MTU” UK, “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI