AMZ: Aholining suyultirilgan gazga bo‘lgan ehtiyoji qondirilmoqda

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksionerlik jamiyati tarkibidagi “O‘ztemiryo‘lmashta’mir” unitar korxonasining "Andijon mexanika zavodi" sho‘ba korxonasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 09.07.2019 yil PQ-4388-sonli “Aholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash, neft-gaz tarmog‘ini moliyaviy sog‘lomlashtirish va uning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida, suyultirilgan gaz tashishga ixtisoslashtirilgan 15-9872 rusumdagi vagon-sisterna ishlab chiqarib yetkazib berish vazifasi yuklatilgan.

"Andijon mexanika zavodi" ShK va “HUDUDGAZTA’MINOT” AJ o‘rtasida elektron kooperasiya portalida imzolangan elektron shartnomalar bilan 34 dona vagon sisternalar yetkazib berildi, shuningdek, yana 180 dona ushbu turdagi vagonlarni ishlab chiqarib yetkazib berish uchun “HUDUDGAZTA’MINOT” AJ bilan muzokaralar davom etmoqda. Loyiha to‘liq amalga oshirilganda aholining suyultirilgan gazga (propan) Respublikamizning barcha hudulariga 10-15 kungacha yetkazib berish imkoni paydo bo‘ladi.

Ta’kidlash lozim, vagon-sisterna ishlab chiqarishni muvofiqlik sertifikatini olish uchun Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi hamda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining Bojxona ittifoqida akkreditasiyadan o‘tgan. Belorussiyaning davlat transport universiteti bilan kontrakt imzolanib, texnik sinovlar o‘tkazildi va joriy yilning 16 mart kuni VU№0021061-tartib raqamli muvofiqlik sertifikati olindi. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining Bojxona ittifoqi talabiga binoan ommaviy ishlab chiqarishga sertifikatlashtirish ikkinchi bosqichi davom ettirilmoqda.

Ushbu suyultirilgan gaz tashishga ixtisoslashtirilgan 15-9872 rusumdagi vagon-sisterna (cooperation.uz) portalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 maydagi PQ-4302-sonli qaroriga muvofiq davlat xaridlari maxsus axborot portali orqali integrasiyalashgan elektron kooperasiya birjasining portali orqali elektron shartnoma tuzish yo‘li bilan yetkazib berilmoqda.


Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI