Maqsad – Xalq farovonligi va roziligi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati To‘rtko‘l tumanida mavjud muammolarni “Mahallabay” va “Mijozbay” ko‘rinishda aniqlash va jadal rivojlantirishga turtki berish, hamda mavjud muammolarni tezkor hal etishga mas’ul sifatida biriktirilgan. Shu asosda joylarda amaliy ishlar olib borilmoqda.

To‘rtko‘l tumanida 37ta MFY va OFY mavjud bo‘lib, ushbu mahallalardan 20 tasidagi mavjud muammolarni o‘rganish va tezkorlik bilan hal etish “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga topshirilgan. Tashkil etilgan operativ shtab guruhi tomonidan To‘rtko‘l tumanidagi 20ta mahallani uyma-uy yurib to‘liq o‘rganib chiqildi. 

Tumanda joriy yil boshidan 2448ta (oila a’zolari soni 10156 ta, shundan, mehnatga layoqatli ishsiz oila a’zosi soni 2330ta) kambag‘al oilalar aniqlanib, “temir daftar”ga kiritilganligi uchun joriy yilning birinchi yarim yilligida qoramol, qo‘y-echkilar, parranda, asalari qutilari, ixcham issiqxonalar berildi.

Joriy yilning shu davriga qadar “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirildi:
-   “Temir daftar”da ro‘yxatda turadigan nogironligi bor fuqarolarga 10 dona nogironlik aravachalari tarqatildi;
-  “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turadigan yashash sharoiti o‘ta ayanchli va yordamga muhtoj ayollar uchun 56 dona tikuv mashinalari tarqatildi; 
-  “Temir daftar”ga kiritilgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan og‘ir kasalliklarga chalingan 30ta fuqaroni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga qarashli Urganch temir yo‘l shifoxonasiga, shundan 16tasi Nazarbek sanatoriyasiga sog‘ligini tiklash va davolanish uchun yuborildi;
-  Sharoiti og‘ir va hastaligi mavjud fuqaro uchun 1 dona “quloq eshitish apparati” xarid qilinib, egasiga topshirildi;
-  Tumanda kambag‘al xonadonlarni kichik biznesga o‘rgatish uchun yoshlar daftarida ro‘yxatda turuvchi yoshlarga 4ta quyon va 1ta quyon uylari tarqatildi. Jami 30 dona quyon uylari hamda 150 dona naslli quyonlar tarqatildi;
-  Tumanda madaniy dam olish hiyoboni mavjud emasligi bois, “Temiryo‘lchilar hiyoboni”ni (hiyobonda IT-park, kovorking va kutubxonalar tadbirkorlar hisobidan amalga oshiriladi) yaratildi.
-  Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni doimiy ish bilan ta’minlanishi uchun doimiy ish o‘rni ajratish ishlari amalga oshirilmoqda.

Rejaga muvofiq tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan ishlar tizimli ravishda olib borilmoqda. Tuman hokimlar va senatorlar ham ushbu xayrli ishga jalb qilingan bo‘lib, shaxsan o‘zlari aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazib, mavjud muammolarni mas’ullar yordamida xal etish choralarini ko‘rmoqdalar.

Axborot-tahliliy media markazi


0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI