Mehnat muhofazasi bo‘yicha bilimlarini oshirishga bagʻishlangan ko‘rik-tanlov

“Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasi Kasaba uyushma hududiy qo‘mitasi tomonidan “Mehnat muhofazasi bo‘yicha yosh mutaxassislar o‘rtasida jamoatchilik nazoratini tashkil etish”  bo‘yicha ko‘rik-tanlovning birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi Kengashining “Mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish Respublika ko‘rik-tanlovi to‘g‘risida”gi Nizomiga ko‘ra yosh mutaxassislar o‘rtasida jamoatchilik nazoratini tashkil etish yuzasidan o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovda hududda faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar, boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari, mehnat muhofazasi bo‘yicha vakillar, mehnat muhofazasi bo‘yicha 35 yoshdan oshmagan yosh mutaxassislar ishtirok etishdi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra “Mehnatni muhofaza qilishda eng yaxshi natijalarga erishgan korxona” yo‘nalishida 1-o‘rin  “Yo‘lreftrans” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi K.Yuldashev egalladi. 2-o‘rinni “203-sonli Tajriba yo‘l mashina stansiyasi” korxonasi boshlig‘i B.Fayzullayev qo‘lga kiritdi. Kuchli uchlikdan “Sardoba” agrosanoat majmuasi boshlig‘i O.Allaberganov joy oldi.

“Mehnat muhofaza qilishda eng yaxshi kasaba uyushmasi tashkiloti” yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘rin “Ixota daraxtzorlarini ximoya qilish” masofasi kasaba uyushma qo‘mita raisi R.Badirovga nasib etdi. “406-sonli Ixtisoslashtirilgan qurilish montaj poyezdi” unitar korxonasi Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi K.Xusanov 2-o‘ringa loyiq ko‘rildi. 3-o‘rin sohibi deb Toshkent signallashtirish va aloqa masofasining Kasaba uyushma qo‘mita raisi S.Karimov topildi.

“Mehnat muhofazasi bo‘yicha eng yaxshi vakil” yo‘nalishida 1-o‘rinni Markaziy temir yo‘l kasalxonasi mehnat muhofazasi muhandisi L.Bajenova egalladi. 2-o‘rin “Qibray” bolalar dam olish oromgohi ish yurutuvchisi A.Maxkamovga nasib etdi. Kuchli uchlikdan “Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasi farroshi G.Axmedova joy oldi.

“Mehnat muhofazasi bo‘yicha 35 yoshdan oshmagan eng yaxshi mutaxassislar” yo‘nalishida 1-o‘rin “1-sonli energomontaj poyezdi” unitar korxonasining mehnat muhofazasi muhandisi G.Kurbanovaga nasib etdi. 2-o‘rinni Markaziy temir yo‘l poliklinikasi iqtisodchisi D.Tashxadjayeva egalladi. 3-o‘rin Toshkent temir yo‘l texnikumi bo‘lim boshlig‘i S.Nabiyevga nasib etdi.

Tanlov yakunida g‘oliblar “Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasining Kasaba uyushma hududiy qo‘mitasi diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Axborot-tahliliy media markazi