"Qorabayir" otchilik majmuasida ot sporti bo‘yicha viloyat hokimi kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Yakkabog‘ tumanidagi "Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli" UKga qarashli "Qorabayir" otchilik majmuasida ot sporti bo‘yicha viloyat hokimi kubogi musobaqasi o‘tkazildi. 

Shahrisabzda start olgan yoshlar festivali doirasida Yakkabog‘ tumanidagi "Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli" UKga qarashli  “Qorabayir” otchilik majmuasida ot sporti  (ot poygasi, polo, konkur) bo‘yicha Qashqadaryo viloyat hokimi kubogi musobaqalari  hamda el sevgan san’tkorlar tomonidan konsert dasturi tashkillashtirildi.

Musobaqani viloyat hokim Zoyir Mirzayev tabrik so‘zi bilan ochib, chavandozlarga omadlar tiladi. 

Musobaqa g‘oliblariga qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.

Axborot-tahliliy media markazi