Yo‘lovchi vagonlari texnik va texnologik holatlari tekshirildi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi X.N.Xasilov boshchiligidagi ishchi guruh “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi”AJning “Yo‘lovchi vagonlari reysga texnik va texnologik tayyorlash - VChD-2 filiali”ga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida ishchi guruh a’zolari yo‘lovchi vagonlarni reysga chiqarishdan oldin harakat xavfsizligiga xavf soluvchi omillarni, nosozliklarni aniqlab, ularni bartaraf qilish jarayonlarini ko‘zdan kechirdilar. Jamiyat rahbariyati mutaxassislar bilan yuzma-yuz muloqotda bo‘lib, aniqlangan nosozliklarni o‘z vaqtida sifatli qilib barataraf qilish, vagonlarni sovutish tizimlarining sozligi hamda vagonlarning tozaligiga yanada e’tiborni kuchaytirish borasida topshiriqlar berdi. Shuningdek, tashrif davomida ishchi guruh a’zolari “Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqarilgan yangi vagonlarni ham ko‘zdan kechirdilar.
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI