Profilaktik tadbir tashkil etildi
“Toshkent yuk” hamda “Xo‘jakent” temir yo‘l stansiyalari oralig‘ida “Temir yo‘llarda harakat xavfsizligi kuni” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Toshkent Transport prokuraturasi, Toshkent mintaqasi temir yo‘l transportida XTB hamda “Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasi rahbariyati hamkorligida o‘tkazilgan “Temir yo‘llarda harakat xavfsizligi kuni” tadbiri yuzasidan “Toshkent-yuk” – “Xo‘jakent” temir yo‘l stansiyalari oralig‘idagi 67 kilometr masofa 3ta sektorga (har bir sektorda 3 tadan guruh) bo‘linib, Toshkent mintaqasi temir yo‘l transportida XTBdan jami bo‘lib 60 nafar, “Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasidan 12 nafar temir yo‘l ishchi-xodimlari, Harbiylashtirilgan o‘qchilik komandasidan 10 nafar o‘qchi jalb qilindi.
Tadbir davomida asosiy e’tibor temir yo‘l inshootlarida xavfsizlikni ta’minlash, baxtsiz hodisalar, oyna sinishi va temir yo‘l izlariga begona jismlar qo‘yish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish, temir yo‘l izi bo‘ylab jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga qaratildi. Shuningdek, temir yo‘lning ikki tomonida o‘rnatilgan beton devor, temir panjara, tikanli to‘siqlarni yaroqliligi, fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan yaratilgan piyodalar o‘tish joylarini hamda noqonuniy qurilma, savdo shoxobchalari, mahalliy aholi tomonidan temir yo‘l atrofiga tashlab ketilgan maishiy chiqindilarni hududiy hokimlik va mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish va temir yo‘l atrofida keng ko‘lamdagi obodonlashtirish ishlarini olib borishga qaratilib, o‘tkazilgan profilaktik tadbir davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rildi.
Shuningdek, “Qodiriya – Arancha” temir yo‘l stansiyalari oralig‘ining 19-kilometrida yollanma ishchilar to‘planib turadigan joyda fuqarolar hamda “Xo‘jakent” stansiyasi xodimlari bilan temir yo‘llarda harakat xavfsizligi mavzusida profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI