Qo‘ng‘irotda “Ayollar daftari”ga kiritilgan temiryo‘lchilar bilan uchrashuv

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatida “Ayollar daftari”ni shakllantirish va yuritish orqali ayollar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga ko‘maklashish maqsadida tuzilgan ishchi guruhi “Qo‘ng‘irot mintaqaviy temir yo‘l uzeli” UK tasarrufidagi korxonalarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar bilan uchrashib, ularning muammolarini o‘rganishdi. 

Ishchi guruh tarkibi maslahat kengashi raisi N.Alimuxamedova, o‘rinbosari-D.Karimova va a’zolari – N.Kirgizova, R.Raxmonova, O.Alimova, P.Abdikadirovadan tashkil topdi. Xizmat safari davomida Qo‘ng‘irot MTU kasaba uyushma qo‘mitasi raisi A.Yembergenov bilan birgalikda daftarga kiritilgan temiryo‘lchi xotin-qizlarning yashash manzillariga borib, ularning hayot tarzi, muammolari bilan tanishib chiqishdi. 

Majlislar zalida ishchi guruh 60 nafar xotin-qizlar bilan uchrashib, o‘zlarini o‘ylantirgan muammo va takliflar xaqida fikr almashishdi. Shuningdek, alohida “Ayollar daftari”ga kiritilgan 17ta ayollar bilan uchrashishdi. O‘rganish davomida (ko‘p bolali va turmush o‘rtog‘ini yo‘qotgan yoki ishsizligi tufayli) hech kimning muammosi e’tiborsiz qolmadi. Har biri o‘ziga tegishli maslahatlar oldi. Masalan, (ism va familiyalari o‘zgartirilgan) Zaripova V., Boymatova L. Tangriyeva D. ish bilan ta’minlashni iltimos qilishdi. 

Shuningdek, xotin-qizlar tomonidan moddiy yerdam, farzandini oliygohga imtiyoz bilan o‘qishga kirish bo‘yicha ma’lumot, uy-joy hujjati kadastrni rasmiylashtirish, yakka tadbirkorlik uchun kredit olishda muammolarni bartaraf qilish, zudlik bilan jarrohlik amaliyotini bajarish uchun moddiy yordam, uy-joy muammosi, yashash joyini ta’mirlab berish muammolari ilgari surildi. Ishchi guruhidan o‘z oilasi uchun yordam so‘raganlar qatorida Fayzullayeva G. barcha xodimlar foydalanishi uchun MTUda ayollarga sport  va fitnes to‘garaklar tashkil qilib berilishini ayti.  Yaxshimuratova R. esa ichimlik suvi muammosini ko‘tardi. Ametova Yu. bolalar oromgohiga yo‘llanmalar sonini ko‘paytirish taklifini berdi. Shu o‘rinda farroshlar oylik maoshlarini oshirish yuzasidan taklif bildirishdi. 

Xorazm hududidagi ayol-qizlar bilan uchrashuv ham majlislar zalida o‘tkazildi. 80 nafardan ortiq temiryo‘lchi xotin-qizlar tomonidan e’tiborga loyiq takliflar o‘rtaga tashlandi. Masalan, MTUda ayollarga sport, fitnes to‘garaklari tashkil etish taklifi berildi. Qalandarova M. – Urganch temir yo‘l shifoxonasi yoshlar yetakchisi - Xotin-qizlar forumini tashkil etishni taklif qildi, shuningdek, Lokomotiv MJSKda sport bilan shug‘ullanish uchun sharoit yaratishni va bepul sport to‘garaklar tashkil etishni so‘radi.

Ishchi guruh takliflar qatorida ayollarning savollariga javob va yo‘l yo‘riqlar ko‘rsatishdi. 

Shu kuni ishchi guruhi “Temiryo‘lobod” chorvachilik kompleksi filialiga ham tashrif buyurib, u yerda ishlayotgan xotin-qizlar bilan uchrashdi. Kompleks rahbari K.Jumaniyozov mahallada “Ayollar daftari”da turgan to‘rt nafar ayolni ish bilan ta’minlab, ularni “Ayollar daftari”dan chiqarishga o‘z zissasini qo‘shdi. Ushbu ayollar bilan suhbat o‘tkazilganda, ular oylik maoshlarini o‘z vaqtida olayotganliklari, 2 mahal issiq ovqat bilan ta’minlanishini mamnuniyat bilan gapirishdi va o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

Axborot-tahliliy media markazi


0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI