Koronavirusdan saqlanishning eng to‘g‘ri yo‘li bu – emlanishdir!

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqarma rahbarlari hamda 90 ming nafar temiryo‘lchi ishchi-xodimlari koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash jarayonida faol qatnashishdi. 

Shu kunga qadar Jamiyatdagi bir qancha boshqarma va tashkilotlarda mehnat qilib kelayotgan temiryo‘lchilarning 207 nafari birinchi bosqichida emlandi. Mazkur emlash jarayonining ikkinchi bosqichi esa 28-30 kun oralig‘ida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, 23 iyuldan boshlab amalga oshiriladi.

Emlashdan oldin emlanuvchilarning barchasining sog‘lig‘i tibbiyot xodimlari tomonidan sinchkovlik bilan ko‘zdan kechirilib, keyin emlanishga ruxsat  berilmoqda. Ularning har biri emlangandan so‘ng ham 30 daqiqa davomida  nazorat ostida bo‘ladi. 

Shu kunga qadar, “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyati yo‘l kuzatuvchilari hamda  vagon restoran xizmatchilari, “Sagdiana trans” xodimlari, O‘latga qarshi stansiya mutaxassislari, “Shovvozsoy” ishchilari, Sanatoriy profilaktoriya tibbiy xodimlari, “O‘zbekiston” lokomotiv deposi temiryo‘lchilari va boshqarma rahbar va xodimlari  emlandi.  Bunda asosan, 6 ming 798 nafar temiryo‘lchilar, shu jumladan, 4 ming 658 nafar ishchi-xodimlar birinchi bosqichda emlandi.  Ikkinchi va uchinchi bosqichlarda esa temiryo‘l ishchi-xodimlari orasida koronavirus infeksiyasiga  qarshi revaksinasiya qilish jarayoni bosqichma-bosqich olib boriladi.  

Mutaxassislarning bergan ma’lumotiga ko‘ra,  shu kunga qadar emlash davomida va undan keyingi davrda ham allergik reaksiyalar kuzatilmadi.

Hozirgi kunda temiryulchilarni emlash uchun yana  1500 doza Xitoy vaksinasi olib kelingan bo‘lib,  emlash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

Xulosa o‘rnida shuni ma’lum qilamizki,  koronavirus infeksiyasiga  qarshi emlashni o‘z vaqtida oling va oilangiz hamda farzandlaringizni ham bu kasallik yuqishidan ehtiyot qiling!

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI