Ijtimoiy tarmoqlarda vagondagi yong'in aks etgan videoga izoh
Bugun, 4 avgust kuni soat 13:04da Qoraqalpog'iston Respublikasidagi Qorao‘zek stansiyasida vagonlaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi.
Mazkur vagon (plaskart) o'z muddatini o'tab bo'lgan va hisobdan chiqarilgan uchta shu kabi vagonlardan biri bo'lib, yuqorida ko'rsatilgan stantsiyada omborxona vazifasini o‘tagan, jumladan, po‘lat izlaridagi reabilitatsiya ishlarini olib boruvchi temir yo'l xodimlari tomonidan ishlatilgan.
Yong‘in qolgan ikkita vagonga o‘tib kelmasligi uchun ular zudlik bilan yonib turgan vagondan uzilgan. Yong‘in Karaozyak stansiyadagi “Neft maxsulotlari zaxira” korxonasi o‘t o‘chirish komandasi bilan birga Amudaryo tumani o‘t o‘chirish komandasi yordamida o‘chirilgan. Jabrlanganlar yo‘q. Sodir bo‘lgan mazkur holat sabablari o‘rganilmoqda.
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI