Temiryo‘lchilarni “COVID –19” koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash davom ettirilmoqda
“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati pandemiyaning birinchi kunlaridan boshlab,tizimidagi tibbiyot muassasalarini favquloddagi ish rejimiga o‘tkazdi. Oradan bir yil o‘tib, 90 minglik temiryo‘lchilarni emlash maqsadida alohida emlash punktlari tashkil etildi.
Albatta o‘z vaqtida ko‘rilgan chora-tadbirlar koronavirus pandemiyasini jilovlashga, kasallikning og‘ir asoratli kechishini oldini olishga hamda epidemiologik barqarorlikka erishishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Darhaqiqat, kasallikka qarshi kurashishning eng asosiy samarali yo‘li bu – emlash ekani kundek ravshan.
Shu munosabat bilan, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatida asosan, 3 xil vaksina, ya’ni "ZF-UZ-VAC-2001" o‘zbek-xitoy, “Sputnik V” va "Moderna" vaksinalari bilan emlash samarali amalga oshirilmoqda. Shu kunga qadar, respublika bo‘yicha temir yo‘l tizimining 56977 nafar ishchi-xodimi emlandi.
Emlashdan oldin emlanuvchilarning barchasining sog‘lig‘i tibbiyot xodimlari tomonidan sinchkovlik bilan ko‘zdan kechirilib, keyin emlanishga ruxsat etilmoqda. Ularning har biri emlangandan so‘ng ham 30 daqiqa davomida kuzatilmoqda.
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI