Temiryo‘lchilar salomatligi tiklanmoqda
Andijon bekati birlashgan shifoxonasi jamoasi tomonidan temiryo‘lchilarni sog‘ligini tiklash maqsadida talaygina ishlar amalga oshirilmoqda.
Yil boshidan buyon 3 ming 735 nafar temiryo‘lchi malakali tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi va kerakli ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, 867 nafar temiryo‘lchi salomatligini tiklash ishlari amalga oshirildi. Tug‘ish yoshidagi ayollar jami 316 nafar bo‘lib, ularning barchasi malakali tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Temiryo‘lchilarni koronovirusga qarshi profilaktik emlash ishlarini ham o‘z vaqtida tashkil etish va bajarish yo‘lga qo‘yilgan. Shifoxona Andijon shahar 8-sonli oilaviy poliklinika hududida joylashgan bo‘lib, mazkur poliklinika tomonidan viloyat SES tomonidan ajratilgan emlash dozalari olindi. Shifoxona xodimlarida may, iyun hamda iyul oylarida emlash ishlari amalga oshirildi. 28 iyuldan boshlab esa temir yo‘l ishchi-xodimlarini emlash ishlari ham amalga oshirilmoqda.
Temiryo‘lchilar salomatligini tiklash maqsadida yil boshidan sifatli dori-darmon vositalari uchun 102 568 287 so‘m sarflandi. Yil boshidan temiryo‘lchilarga sifatli parxez taomlar tayyorlash uchun oziq ovqat mahsulotlariga jami 224 970 149 so‘m ajratildi. Soha xodimlarining 10-15 yoshdagi 107 nafar qizda ginekologik kasalliklarni erta aniqlash maqsadida UZI tekshiruvi o‘tkazildi. Temir yo‘l korxona va tashkilotlarida faoliyat yurituvchi ishchi-xodimlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha 96ta davra suhbatlari va 17ta ma’ruza (pandemiya qoidalariga amal qilgan holda) o‘tkazildi.
Temiryo‘lchilar farzandlarini yozgi bolalar oromgoxida sog‘lomlashtirish uchun “Alouddin” yozgi oromgohida 2021 yilda 380 nafar bola sog‘lomlashtirildi.
Temir yo‘l korxonalaridagi xodimlar har kuni badantarbiya mashqlarini bajarib kelmoqdalar. Ishdan bo‘sh vaqtida stol tennisi, shaxmat-shashka va badminton kabi sport turlari bilan shug‘ullanishmoqda.
Shifoxonada ingliz tili o‘rgatish bo‘yicha YATT “English WITH TIM” bilan shartnoma tuzilgan va o‘qitilmoqda.
Raqamli elektron tizimni rivojlantirish talablari ijrosini ta’minlash va bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish uchun shifoxonaning poliklinika bo‘limida “Elektron poliklinika” tizimi yaratildi va faoliyat olib bormoqda.
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI