Toshg‘uzor - Oqrabot temir yo‘l uchastkasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda

2021-yil 17-avgust kuni “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasiga qarashli Qayirma - Bo‘zaxur temir yo‘l bekatlari oralig‘ida 17-kilometrning 10-piketidan 18-kilometrning 8-piketigacha PMS-214 korxonasi, PDM-Buxoro korxonasining maxsus og‘ir texnikalari yordamida kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Shu jumladan R-65 tipdagi "Pandrol" markali temir beton shpallaridan iborat 750 metr yangi temir yo‘l izlari yotqizildi. 

Ushbu uchastkada Joriy yilning boshidan beri shu kunga qadar 15,7 km yangi R-65 tipdagi "Pandrol" markali temir beton shpallaridan iborat temir yo‘l izlari yotqizildi. Ushbu kapital ta’mirlash ishlari joriy yil oxirigacha davom etadi.

"Qarshi MTU" UK


0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI